Fidoyi nuroniy, uzoq yillar xalq ta'limi tizimida işlagan, keyinçalik «Nuroniy» jamğarmasining Samarqand viloyati bölimi raisi sifatida mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qiliş işlariga katta hissa qöşgan Özbekiston Qahramoni Hasan Norbekoviç Normurodov 82 yoşida vafot etdi.
Bu ma'lumotni Kun.uz muxbiriga Samarqand şahar hokimligidagi manba tasdiqladi.
H.Normurodov Samarqand viloyati Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining örinbosari lavozimida faoliyat körsatayotgan edi.
Hasan Normurodov jonkuyar va samimiy inson sifatida viloyat aholisi örtasida katta hurmat qozongan edi. 2019 yilda Prezident farmoniga köra u «Özbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqandga qilgan safari yakunida 16 aprel kuni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida davolanayotgan fidoyi mehnat faxriysi Özbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a'zosi Hasan Normurodovning holidan xabar olgan, mustahkam soğlik va bardamlik tilagan edi.
«Kun.uz» tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etadi.








