Jahon banki ijroçi direktorlar kengaşi «Elektr energetika tarmoğini transformatsiya qiliş va elektr energiyasini barqaror uzatiş» loyihasini ma'qulladi. Loyiha butun mamlakat böylab millionlab uy xöjaliklari va korxonalarni uzluksiz elektr ta'minoti bilan ta'minlaş maqsadida «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ faoliyati samaradorligini oşiradi.
Uşbu loyihani amalga oşiriş uçun Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvçi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi 380 million dollar, Yaşil iqlim fondi (YaIF) 43 million dollar kredit ajratadi. Moliyalaştiriş Özbekiston hukumatiga juda past foiz stavkalarida taqdim etiladi va tölovning eng uzoq muddati 40 yilgaça böladi. Şuningdek, YaIF loyiha doirasidagi alohida tadbirlar uçun 4 million dollar miqdorida grant ajratadi.
Özbekistonda elektr energiyasiga bölgan talab 2018 yildagi 61 milliard kilovatt-soatdan 2030 yilga kelib 100 milliard kilovatt-soatdan ortiqqaça ösişi kutilmoqda. Hozirda mamlakatda 250 000 km.dan ortiq elektr uzatiş liniyalari va tarqatiş tarmoqlari mavjud. Ularning aksariyati sovet ittifoqi davrida qurilgan va ekspluatatsiya muddati ança vaqt oldin tugagan.
Eskirgan infratuzilma elektr energiyasining katta hajmda yöqotilişiga olib keladi, bu işlab çiqarilgan elektr energiyasi umumiy hajmi taxminan 20 foizini taşkil etadi.
«Uşbu transformatsion xarakterga ega bölgan yangi loyiha hukumatga elektr energetika tarmoğining samarali işlaşi va rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan muammolarni hal qilişda yordam beradi. Loyiha «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJni zamonaviy tijorat kompaniyasiga aylantiriş va elektr energiyasini uzatiş tizimlarini modernizatsiya qilişni jadallaştiradi. Uşbu çora-tadbirlar elektr energiyasining 32 millionga yaqin iste'molçiga işonçli yetkazib berilişini ta'minlaydi va qayta tiklanuvçi energiya işlab çiqariş böyiça yangi yirik loyihalarni elektr tarmoqlariga ulaş imkonini beradi», dedi Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.
«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning ustuvor investitsiyalarini moliyalaştiriş orqali loyiha eskirgan energetika infratuzilmalarini modernizatsiya qilişga yordam beradi. Loyiha Özbekistonning 11ta hududida 22ta eskirgan yuqori kuçlanişli podstansiyalarni rekonstruksiya, modernizatsiya qiliş va kengaytiriş, şuningdek 500 kilovoltlik yangi podstansiyani va elektr uzatiş liniyalarini qurişni öz içiga oladi.
Elektr energiyasini uzatiş tizimi monitoringi, boşqaruvi va ekspluatatsiya qilinişi jarayonlarini takomillaştiriş maqsadida, loyiha doirasida zamonaviy raqamli va telekommunikatsiya texnologiyalari va yeçimlari joriy etiladi. Ularga dispetçerlik nazorati va ma'lumotlarni yiğiş uçun yangi dasturiy-apparat majmuasi, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ markaziy va hududiy dispetçerlik markazlari uçun elektr energiyasini boşqariş tizimini yaratiş kiradi.







