Kun.uz saytida Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi «Yangiobod nasl chorva mollari» va «SAMARQAND MILK» MChJ «Xalq banki», «Agrobank» va «Mikrokreditbank»ning tumanlardagi bo‘limlari kafolat xatida ko‘rsatib o‘tilgan muddat o‘tib ketgan bo‘lsa-da, hamon pul mablag‘larining ma'lum bir qismini to‘lamasdan paysalga solib kelishayotgani haqida hikoya qilingan edi.

Umuman, bunday voqealar haqida avval Surxondaryoning Sho‘rchi va Qashqadaryoning G‘uzor tumanlarida ham ro‘y bergani haqida xabarlar berilgandi.

Qisqacha aytganda, prezidentning «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi 2018 yil 7 iyundagi 3777–sonli qarorini bajarish yuzasidan banklar tomonidan aholiga chorva mollarini 3 yil muddatga, qayta moliyalash stavkasi bilan teng foizda, imtiyozli davri bilan kreditga berilishi nazarda tutilgan.

Mollarining izi ham, o‘zi ham yo‘qolgan fermer va xatiga kafolat berolmayotgan Samarqanddagi banklar

Avvaliga har qanday mayda va yirik shoxli mollar uchun ham berilaverdi, keyinchalik respublika ichidagi mollar aylanmasining oldini olish, tuyoqlar sonini ko‘paytirish maqsadida faqat import qilingan zotdor qoramollarga kredit ajratib kelinmoqda.

Bunday kredit uchun garov ta'minoti va boshlang‘ich to‘lov yo‘q. Fuqaro ta'minotchi bilan shartnoma tuzadi, bankdan kafolat xati olib borib, chorvani olgach, fakturani bankka topshiradi. U faqat kredit sug‘urtasini to‘laydi. 6 oy imtiyozli davrdan so‘ng kreditni so‘ndira boshlaydi.

Lekin ko‘ryapmizki, bunday kredit ajratish va uni qaytarish masalasida bir qator chalkashliklar bor. Bu yerda kuyib qolishi mumkin bo‘lgan tomon asosan ta'minotchi. Ular chorva uchun pullarni o‘z vaqtida ololmay halak bo‘lishmoqda. Bunday voqealar bugungi kunda har bir viloyatda ro‘y bermoqda.

Muammolarga nima sabab bo‘lmoqda?

Eng avvalo, ko‘p joylarda banklar, sektor rahbarlari va hokimliklardagi komissiya raislari kredit ajratish masalasiga panja orasidan qarashmoqda. Kreditni uni qaytara olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan insonlarga berish muammoning bir tomoni bo‘lsa, yana qoramollar mablag‘ni qaytarmaydigan insonlarga ataylab, qasddan ajratib berilayotgani ham taassufli