Qömita ma'lumotida aytilişiça, 2020 yil yakunlariga köra respublika böyiça toksik va notoksik çiqindilar hosil qiladigan taşkilotlarda hosil bölgan jami çiqindilar miqdori 125,6 mln tonnani taşkil etdi.

Qayd etilişiça, uşbu körsatkiç hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori uluş Navoiy viloyatida ekani ma'lum bölgan – 48,2 foiz. Keyingi örinlardan Toşkent viloyati (34,6 foiz) va Jizzax viloyati (9,1 foiz) joy oldi.

Aksinça, toksik va notoksik çiqindilar böyiça eng kam uluş Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 0,01 foiz. Keyingi örinlardan Qoraqalpoğiston Respublikasi (0,02 foiz) hamda Farğona viloyati (0,03 foiz) joy oldi.

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining “Özbekistonda zaharli kimyoviy va boşqa toksik moddalar kömilgan hamda saqlanayotgan maxsus obektlar faoliyatini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingandi.

Hujjat bilan belgilanişiça, zaharli kimyoviy va boşqa toksik moddalar kömilgan hamda saqlanayotgan maxsus ombor va poligonlar Davlat ekologiya qömitasining hududiy bölinmalariga operativ boşqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Davlat ekologiya qömitasiga quyidagilarni ta'minlaş topşirildi: maxsus obektlarda olib boriladigan rekultivatsiya va obodonlaştiriş işlarining Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boşqarmalari bilan kelişilgan holda amalga oşirilişini; har çorakda maxsus obektlar atrofida zaharli moddalarning tarqalişini aniqlaş böyiça tuproq va yer osti suvlari tarkibi kimyoviy tahlildan ötkazib borilişini.