Vazirlar Mahkamasining “Özbekistonda zaharli kimyoviy va boşqa toksik moddalar kömilgan hamda saqlanayotgan maxsus obektlar faoliyatini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Prezidentning "Respublikada ösimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi taşkil etilgan.

Hujjat bilan belgilanişiça, zaharli kimyoviy va boşqa toksik moddalar kömilgan hamda saqlanayotgan maxsus ombor va poligonlar Davlat ekologiya qömitasining hududiy bölinmalariga operativ boşqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Quyidagilarni moliyalaştiriş manbalari belgilandi:

  • maxsus obektlarni konservatsiya va rekonstruksiya qiliş, margimuş çiqindilarini boşqa joyga köçirib kömiş, şu jumladan, loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş bilan boğliq çora-tadbirlar - ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida Davlat budjeti mablağlari hisobidan;
  • maxsus obektlarni joriy saqlaş xarajatlari - Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş va çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş jamğarmasi mablağlari hamda qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan;
  • yangi joyni joriy saqlaş xarajatlari -mahalliy budjet mablağlari hisobidan.

Davlat ekologiya qömitasiga quyidagilarni ta'minlaş topşirildi:

  • maxsus obektlarda olib boriladigan rekultivatsiya va obodonlaştiriş işlarining Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boşqarmalari bilan kelişilgan holda amalga oşirilişini;
  • har çorakda maxsus obektlar atrofida zaharli moddalarning tarqalişini aniqlaş böyiça tuproq va yer osti suvlari tarkibi kimyoviy tahlildan ötkazib borilişini.