Buxoro şahrida Prezident maktabining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, Prezident maktabi öquvçilari, nuroniylar va öquvçilarning ota-onalari iştirok etgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi direktori Hilola Umarova qatnaşib, nutq sözlagan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

2019 yilning mart oyida qurilişi boşlangan Prezident maktabida ikki gektar hududda zamonaviy loyiha asosida 168 öringa möljallangan ikki qavatli öquv binosi, uç qavatli yotoqxona, barça şaroitlarga ega mehmonxona, gimnastika va sport zallari, suv havzasi, oşxona va dars tayyorlaş xonalari barpo etildi. Ta'kidlanişiça, maktabda öquv jarayoni Cambridge Assessment ta'lim taşkilotining dasturi asosida olib boriladi. Mahalliy öqituvçilar bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, AQŞ kabi xorijiy davlatlardan yuqori malakali öqituvçilar taklif etilgan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma'lumot uçun, mazkur Prezident maktabiga 2021-2022 öquv yilida öqiş istagini bildirib 6 ming nafardan ortiq talabgor hujjat topşirgan hamda ikki bosqiçli sinovda ulardan 144 öquvçi saralab olingan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati