16:34 / 25.12.2021
9215
Shomurodov – O‘zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Berdiyev – eng yaxshi murabbiy. UZ Football Awards-2021 yakunlari 

Bugun, 25 dekabr kuni o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan UZ Football Awards-2021 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Tribuna.uz

Marosimda O‘zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Eldor Shomurodov «Yilning eng yaxshi futbolchisi» deb topildi. Yakuniy nomzodlar uchligidan Husayn Norchayev va Jaloliddin Masharipov ham joy olgan edi.

Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi 2020 yilda ham nomzodlar qatorida bo‘lgan, ammo g‘oliblik Jaloliddin Masharipovga nasib qilgandi. Rimning «Roma» klubi hujumchisi joriy mavsum A Seriyada 15 o‘yinda 2ta gol muallifiga aylandi. 26 yoshli forvard o‘tgan mavsum «Jyenoa» safida Italiya chempionatida 31 bahsda 8ta golga mualliflik qilgan edi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi deya «Nasaf» ustozi Ro‘ziqul Berdiyev topildi. Ro‘ziqul Sa’dullayevich Qarshi jamoasi bilan 2021 yilda Superligada 4-o‘rin, Superkubok ishtirokchisi, O‘zbekiston kubogi g‘olibi va OFK kubogi-2021 vitse-chempioniga aylandi.

Foto: O‘FA

Shuningdek, aynan Berdiyevning shogirdi - «Nasaf» hujumchisi Husayn Norchayev Superliga-2021ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 19 yoshli forvard yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisiga topshiriladigan «Yosh yulduz» sovriniga ham ega chiqdi.

Foto: Tribuna.uz

Superliga-2021 ramziy terma jamoasi quyidagi ko‘rinish oldi:

Darvozabon: O‘tkir Yusupov («Navbahor»)
Himoyachilar: Marko Kolakovich («So‘g‘diyona»), Anzur Ismoilov («Paxtakor»), Husniddin Aliqulov («Nasaf»), Sherzod Nasrullayev («Nasaf»)
Yarim himoyachilar: Sanjar Tursunov (OKMK), Erkin Boydullayev («Qizilqum»), Dragan Cheran («Paxtakor») 
Hujumchilar: Shohruz Norxonov («So‘g‘diyona»), Xusain Norchayev («Nasaf»), Azizbek Amonov («Lokomotiv»).
Murabbiy: Ulug‘bek Baqoyev («So‘g‘diyona»). 

«Renessans Hall»da o‘tgan UZ Football Awards-2021 taqdirlash marosimida jami 24ta nominatsiyada laureatlar taqdirlandi. Jumladan: 

-  O‘zbek futboli nuroniysi – Axbor Imomxo‘jayev
-  Fidoiylik ramzi – Sadri Nosirov («Dinamo» stadioni ishchisi)
-  Jasorat sovrini – Murodjon Ahmedov (O‘zbekiston kar-soqovlar jamoasi murabbiyi)
-  Eng yaxshi futbol jurnalisti – Faxriddin Ro‘ziyev
-  Eng yaxshi hududiy assotsiatsiya – Qoraqalpog‘iston FA
-  Muxlislar mehri - «Andijon» fan klubi 
-  Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi – Bahodir Ahmedov (O‘zbekiston / Huaxin Jizzax)
-  Yilning eng yaxshi futzalchisi - Dilshod Rahmatov (O‘zbekiston / Huaxin Jizzax)
-  Ayollar Oliy ligasining to‘purari – Diyora Habibullayeva
-  Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi murabbiyi – Sherali Boboqulov (So‘g‘diyona-W)
-  Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi - Diyora Habibullayeva (So‘g‘diyona-W)
-  Pro liganing eng yaxshi futbolchisi – Marko Obradovich (Neftchi)
-  Minnatdorchilik ramzi – «UzReport» va MTRK jamoasi
-  Yilning eng yaxshi hakami – Ilgiz Tantashev (Buxoro)
- Coca-Cola Superligasining eng chiroyli goli – Bilolxon Toshmirzayev (Turon)
- Coca-Cola Superliga-2021 to‘purari – Dragan Cheran (Paxtakor)
-  Coca-Cola Superligasining eng yaxshi murabbiyi – Piter Hyuistra (Paxtakor)
-  Coca-Cola Superligasining eng yaxshi futbolchisi – Husayn Norchayev (Nasaf)
-  Eng yaxshi yoshlar murabbiyi – A’zam Sherg‘oziyev (OKMK yoshlar jamoasi)
-  Yosh yulduz – Husayn Norchayev (Nasaf)
-  Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi – Ilhom Xanjariyev ()
-  Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi – Dildora Nozimova (Bunyodkor)
-  O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi – Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf)
-  O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi – Eldor Shomurodov (Roma / O‘zbekiston).

Top