Kanada, Avstraliya va Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etdi
Avstraliya, Kanada va Yaponiya hukumatlari Rossiya o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishiga javoban Rossiyaga qator sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

Foto: Zuma / TASS
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo iqtisodiy sanksiyalarning «birinchi raundi» haqida e’lon qilgan. Kanada sanksiyalari ham Rossiya suveren qarzlari va DXR hamda LXR bilan kelishuvlarni qamrab olgan. Bundan tashqari, ular Rossiyaning ikki banki va Rossiya parlamentining DXR va LXR tan olinishi uchun ovoz bergan vakillariga taalluqli bo‘ladi. Kanadaliklarga ushbu respublikalar bilan moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish taqiqlanadi.
Avstraliya ham Rossiya banklari, DXR va LXR jismoniy va yuridik shaxslarini sanksiyaga duchor etgan. Kanberra Rossiya Xavfsizlik kengashining DXR va LXR tan olinishini qo‘llab-quvvatlagan sakkiz vakilini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan (ularning familiyalari hozircha oshkor etilmadi).
«Dastavval biz Rossiya Xavfsizlik kengashining sakkiz a’zosini mamlakatga kirishini taqiqlash va maqsadli moliyaviy sanksiyalarni joriy etamiz», degan Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison.
Avvalroq Donbassdagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni tan olgani uchun RFga AQSh, Yevroittifoq va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar qo‘llangandi.
Yaponiyaliklarning sanksiyalari mamlakatga DXR va LXRdan rasmiy shaxslar kelishini cheklash, shuningdek ushbu respublika bilan eksport va import mahsulotlarini taqiqlashni nazarda tutadi. Bundan tashqari, sanksiyalar yapon bozorida rossiyaliklar obligatsiyalari joylashtirilishini cheklashga qaratilgan. Shuningdek, Rossiya hukumatining yangi suveren qarzi bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatiladi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida vaziyat yomonlashgan taqdirda, chora-tadbirlar ro‘yxati kengaytirilishi mumkinligini qayd etgan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
-
Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urildi
Jahon | 22:49 / 16.03.2025
Mavzuga oid

21:28 / 13.03.2025
Rossiya mamlakatga kirish taqiqlangan YeI fuqarolari ro‘yxatini kengaytirdi

12:01 / 10.03.2025
“Trampning siyosatdagi “qimorbozligini” Kanada tushunolmayapti” – AQSh baribir savdo bojlarini joriy qildi

13:44 / 09.03.2025
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi

20:38 / 07.03.2025