O‘zbekiston | 10:54 / 22.04.2022
8836
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Senati vakillari Orol dengizini ko‘zdan kechirdi

Foto: Senat.uz

Oliy Majlis Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Senat matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tashrif ikki mamlakat parlamenti yuqori palatalarining hamkorlik bo‘yicha komissiyasi ikkinchi majlisida ishtirok etish maqsadida amalga oshirilgan.

Kecha, 21 aprel kuni Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya vakillari Orol dengizini ko‘zdan kechirib, Ko‘korol to‘g‘oni holati va «Aral SeeFood» baliqni qayta ishlash zavodi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, 22 aprel kuni parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha komissiyasining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

 

Mavzuga oid