Sona «Yandeks» maʼlumotlari asosida noldan öqitilgan. Uni yaratiş va sinovdan ötkazişda «Alisa», «Yandeks Muzyka» muhandislari hamda kompaniyaning tadqiqot va işlanmalar jamoasi qatnaşgan.
Anʼanaviy tavsiya tizimlarida vazifalar bir neçta algoritm örtasida taqsimlanadi. Ayrimlari millionlab variantlar orasidan moslarini topsa, boşqalari ularni baholaydi va qaysi tartibda körsatişni belgilaydi.
Sona esa variantlarni tanlaş va tartiblaşni yagona model orqali bajaradi.

Model avvalgi tanlovlardan örganadi
Sona foydalanuvçi avval nimalarni tanlagani va qaysi kontentga qayta murojaat qilganini tahlil qiladi. Şu maʼlumotlar asosida unga mos kelişi mumkin bölgan tavsiyalarni şakllantiradi.
Işlab çiquvçilarning aytişiça, bunda model tayanadigan belgilarni qölda tanlaşga ehtiyoj qolmaydi.
Yagona modeldan foydalaniş tavsiyalar tizimini yangilaşni ham soddalaştiradi. Anʼanaviy yondaşuvda alohida algoritmlarni qayta öqitiş va özaro muvofiqlaştiriş talab etilsa, Sona bu vazifalarni bir tizimda birlaştiradi.
Bir haftalik sinov qanday natija berdi?
Muhandislar Sonaʼni «Alisa»li aqlli kolonkalarda musiqa tavsiya qiliş uçun sinab körgan. Test guruhida önlab algoritmdan iborat odatiy tizim bir haftaga yangi model bilan almaştirilgan.
Kompaniya keltirgan natijalarga köra:
tavsiya etilgan qöşiqlarni tinglaş vaqti 6,3 foizga oşgan;
qöşiqni qayta qöyiş haqidagi sörovlar qariyb 18 foizga köpaygan;
faol tinglovçilar auditoriyasi 4,5 foizga ösgan

















