Bolaligida qöy boqayotib vaqtini kitob öqiş bilan ötkazgan vazir, yoşligida Islom Karimovga xat yozgan iqtisodçi, “Ötkan kunlar”ni beş marta öqigan bloger, gimnaziya direktorining yap-yangi “Moskviç”i ğildiragini teşgan fond raisi, Bözsuv kanalida şişa idişda baliq tutgan jurnalist.

Biz 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan davlat va jamoat faollaridan ayrimlarining bolalik xotiralari bilan qiziqdik.

“Ertalab ikkita nonni belga boğlab ketardik, keçqurun qöyni haydab qaytib kelardik”

Ibrohim Abdurahmonov, Innovatsion rivojlaniş vaziri, akademik:

— Tuman markazidan uzoqdagi toğli qişloqda katta bölganman. Boşlanğiç sinflarda asosiy işim qöy boqiş bölgan. Ertalab ikkita nonni belga boğlab ketardik, keçqurun qöyni haydab qaytib kelardik. Qarindoş-uruğlarimizning aksariyati öqimişli bölgani bois doimo qölimizga kitob ham berib yuborişardi. Vaqt köp, atrofimiz toğ, şu kitoblarni mutolaa qilib, kunni keç qilardik.

Oilada tönğiç farzand bölganim uçun rözğor yumuşlari bilan köproq şuğullanişimga töğri kelgan. Ösmirlik çoğim tomorqadagi işlarni qilardim – ekin ekiş, ularni parvarişlaş ilmini olganmiz... Mehnat qilişdan qoçmasdim, lekin suv muammo bölardi – dehqonçilikning eng katta maşaqqati bu suğoriş edi.

7-8-sinfdan fan olimpiadalarida iştirok eta boşladim. Birinçi marta matematika böyiça tuman olimpiadasiga qatnaşganman. Tuman bosqiçida heç kim bir-birini tanimaydi, böyim boşqa bolalarnikidan balandroq bölgani uçun 8-sinflar ötirgan sinfga kiritib yuborişibdi. Tabiiyki, masala-misollarni yeçolmadim, uyga xomuş qaytib kelib, dadamga «men matematikani bilmas ekanman», deganman. Dadam maktabimizda biologiyadan dars berardilar, adaşganimni suriştirib bilibdilar. Şundan keyin biologiya olimpiadasida qatnaşgin, deb maslahat berdilar.

Keyingi yildan biologiya böyiça tayyorlana boşladim. Avval tuman, keyin viloyat va respublika bosqiçiga çiqişga muvaffaq böldim. Öşa paytlari akademik Abdusattor Abdukarimov olimpiadaning respublika bosqiçida raislik qilganlar. Eşitişimizça, u kişi imtihon böladigan kuni ertalab savollarni almaştirgan ekanlar. Negaki, ayrim bolalarga avvaldan savollarni berib qöyiş holatlari bölib turarkan-da. Öşa yili opam ikkimiz qatnaşib, olimpiadada ğolib böldik. Opam respublika olimpiadasi ğolibi sifatida universitetga imtihonsiz öqişga kirdi. Ana öşanda odam harakat qilsa, öqisa, natijaga erişişiga amin bölganman.