Uçraşuvda Yaponiyadan sayyohlar oqimini qayta tiklaş va Özbekistonga charter havo qatnovlarini taşkil qiliş bilan boğliq masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Muzokaralar avvalida mamlakatda turizmni rivojlantiriş sohasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar, çet ellik sayyohlar uçun yaratilayotgan şaroitlar, xorijlik sayohat işqibozlarining mamlakat böylab xavfsiz sayohat qilişi uçun zarur çora-tadbirlar körilgani haqidagi ma’lumotlar yapon tomoniga taqdim etildi.
JATA rahbari Özbekiston tomonining diplomatiya munosabatlari örnatilgani 30 yilligi doirasida joriy yili charter havo qatnovlarini amalga oşiriş taklifini qöllab-quvvatladi. Pandemiyaga qadar Özbekistonga yapon sayyohlari oqimi salmoqli darajada ortgani ijobiy tamoyili e’tirof etilib, Yaponiya jamoatçiligi Özbekistonga qiziqişi katta ekani qayd etildi.
Uçraşuv yakunida yapon tomoni bilan joriy yil oktyabrida Özbekistonga JATA delegatsiyasi taşrifini uyuştiriş va Toşkent - Tokio - Toşkent yönalişida avgust-oktabr oylarida charter havo qatnovlarini amalga oşiriş böyiça dastlabki kelişuvga erişildi.












