Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, Jizzax şahrida yaşovçi ayol çorvaçilikni yölga qöyiş maqsadida yer maydoni olmoqçi bölgan. Zarbdor tumani Oqar mahallasi hududida fermerlik qiladigan şaxs ayol bilan uçraşib, unga 50 gektar yerni 500 million sömga sotmoqçi ekanini aytadi. Şart böyiça ayol oldindan 20 ming dollar berib, qolgan pulni keyin tölaşiga kelişişadi.

Şundan söng yerni faqat auksion orqali sotib oliş mumkinligini eşitgan ayol viloyat IIBga ariza bilan murojaat qiladi.

Huquqni himoya qiliş organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida doimiy röyxatda turib, Zarbdor tumani Oqar mahallasi hududidagi klasterda mas’ul lavozimda işlovçi şaxs ayoldan 20 ming dollar olayotganda daliliy aşyo bilan qölga olingan.

Holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.