«O‘zgidromet» 20 iyun, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

















