Özbekistonda 2019 yilda 177 ta, 2020 yilda 161 ta, 2021 yilda 91 ta pora oliş jinoyati sodir etilgan bölib, bu turdagi jinoyatlar sönggi uç yilda deyarli 50 foizga kamaygan. Bu haqda Aksilkorrupsiya agentligi matbuot kotibi Durdona Oçilova ma’lum qildi.
Unga köra, 2022 yilning 5 oyi davomida 17 ta pora oliş jinoyati sodir etilgan bölib, bu – ötgan 2021 yilning 5 oyiga nisbatan (2021 yilning 5 oyida 57 taga pora oliş jinoyati sodir etilgan) 40 taga kam.
Misol uçun, 2020 yilda 118 ta oğir (JKning 210-moddasi 2-qismi), 13 ta öta oğir (JKning 210-moddasi 3-qismi) darajadagi pora oliş jinoyatlari, 2021 yilda esa 62 ta oğir, 6 ta öta oğir darajadagi pora oliş jinoyatlari sodir etilgan.
2021 yilda oğir darajadagi pora oliş jinoyati 56 taga, öta oğir darajadagi pora oliş jinoyati 7 taga kamaygan.
2021 yilda respublika böyiça 91 ta pora oliş jinoyati sodir etilgan bölib, 91 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilgan.
2021 yildagi pora oliş jinoyatlari hududlar kesimida:
- Toşkent şahrida – 18 ta;
- Toşkent viloyatida – 13 ta;
- Jizzax viloyatida – 9 ta;
- Andijon viloyatida – 8 ta;
- Qaşqadaryo viloyatida – 8 ta;
- Surxondaryo viloyatida – 7 ta;
- Samarqand viloyatida – 5 ta;
- Buxoro viloyatida – 4 ta;
- Namangan viloyatida – 4 ta;
- Farğona viloyatida – 4 ta;
- Xorazm viloyatida – 4 ta;
- Sirdaryo viloyatida – 3 ta;
- Navoiy viloyatida – 2 ta;
- Qoraqalpoğiston Respublikasida – 2 ta.
Pora oliş jinoyatlarining 10 tasi viloyat, 81 tasi tuman-şahar miqyosidagi davlat taşkilotlari mansabdor şaxslari tomonidan sodir etilgan.
Qayd etilişiça, 2021 yilda respublika miqyosidagi davlat taşkilotlarida işlovçi mansabdor şaxslar tomonidan pora oliş jinoyatlari sodir etilgani aniqlanmagan.












