Samarqand davlat tibbiyot universitetida viloyat oliy ta’lim muassasalari örtasida Yoşlar festivali doirasidagi “Zakovat” intellektual öyinlar ötkazildi. Viloyatdagi 10 ta OTM jamoalari 2 ta tur böyiça kuç sinaşdilar.

Yakuniy natijalarga köra 1-örinni SamISIning “Galaktikus”, 2-örinni SamDUni “Tafakkur” va 3-örinni SamDTUning “Ibn Sino” jamoalari egallaşdi.

Festival doirasida viloyat oliy ta’lim muassasalari örtasidagi sport musobaqalarida Samarqand davlat tibbiyot universiteti talaba-yoşlari turli sport turlarida faol qatnaşib “Basketbol” va “Voleybol” böyiça 2-örin, “Gandbol” böyiça 4-örin va “Mini-futbol” sport turi böyiça 1-örinni qölga kiritdilar.

SamDTU yangi binosida universitet talaba-yoşlari uçun taşkil etilgan bayram keçasida iştirok etgan Samarqand viloyati xokimi Erkinjon Turdimov barça ğoliblar va universitet magistratura bitiruvçilarini tantanali ravişda taqdirladi.

Bayram keçasida Markaziy harbiy okrug xizmatçilari tomonidan qurol-aslahalar körgazmasi, harbiy tayyorgarlik namoyiş etilgan çiqişlar, şaxmat, şaşka, stol-tennisi, qöl jangi sport turlari böyiça çiqişlar va öyinlar ötkazildi.

Şuningdek, talabalar tomonidan milliy liboslar tanlovi, Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari tomonidan ijro etilgan musiqiy çiqişlar barçaga xursandçilik kayfiyatini olib keldi.

Tadbir davomida Yoşlar Ittifoqi tomonidan bir qator faol, bilimi, mehnatsevarligi, namunali jamoatçilik faoliyati bilan ajralib turadigan talabalarga taşakkurnomalar va faxriy yorliqlar topşirildi.

Şundan söng taniqli xonandalar hamda raqs guruhlarining gala-konsert dasturlari bölib ötdi.