Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bölimi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.
Ma’lum qilinişiça, tuman elektr tarmoqlari korxonasi yuriskonsulti F.I. fuqaro B.ning elektr energiya iste’molidan vujudga kelgan 9 mln söm qarzdorligini sudda işlovçi tanişlari orqali kamaytirib berişni va’da qilgan.
Mahkama xabarida aytilişiça, yuriskonsult buning evaziga fuqarodan 100 AQŞ dollari va 500 ming sömni elektr tarmoqlari korxonasining ma’muriy binosi oldida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












