Joriy yil 4 iyulda Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasining birja savdolari orqali ilk bor GTL dizel yoqilğisi sotildi.

Birja savdolarida mazkur sintetik suyuq yoqilğining sotuvçisi sifatida Uzbekistan GTL zavodi iştirok etdi. Sotuvçi korxona tomonidan oçiq birja savdolariga 660 tonna GTL dizel yoqilğisi qöyildi va undan barça hajmi sotildi.

Ötkazilgan birja savdo natijalariga köra sintetik dizel yoqilğisining örtaça narxi mahsulotning bir tonnasi uçun 15 324,7 ming sömni taşkil qildi. Birjada GTL dizel böyiça şakllangan kotirovka uning boşlanğiç narxi (15 050,0 ming söm)ga nisbatan 1,8 foizga ösdi.

GTL dizeli yuqori texnik körsatkiçlarga ega va tarkibida oltingugurt miqdori deyarli nolga teng bölgan, atmosferaga juda kam miqdorda ifloslantiruvçi moddalarni çiqaruvçi mahsulotdir. GTL dizelini dizel dvigatellarida sof holda yoki uni aralaştiriş uçun xomaşyo sifatida qöllaş mumkin.

“ÖzRTXB” AJ PR bölimi