Özbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga ruxsat berilgan 2018 yildan to hozirgaça 71 ta XBAning litsenziyasi bekor qilingan. 59 ta holatda korxona özi ariza bilan murojaat qilgan bölsa, 12 ta agentlikka nisbatan jinoyat işi oçilgan.

Bu haqda 6 iyul kuni AOKAdagi matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boşqarma boşliği Zohid Asqarov ma’lum qildi.

Unga köra, bugungi kunda 6 ta xususiy bandlik agentligi faoliyat yuritmoqda. Aslida, litsenziyasi bor va xorijga işga joylaştiriş huquqiga ega XBAlar soni 9 ta, ammo 2 tasining litsenziyasi BHMning 800 barobari miqdoridagi pul mablağlarini zaxira qilmaganligi uçun 6 oy muddatga vaqtinçalik töxtatilgan, yana bittasining ustidan şikoyat va murojaatlar kelib tuşgani uçun ularda qöşimça tekşiruv ötkazilib, litsenziyasi 10 kunga töxtatilgan.

Zohid Asadov XBAlarga oid aktual ma’lumotni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining veb-saytidan olgandan keyingina xorijda işlaş borasida bir qarorga keliş lozimligini aytdi.

Şuningdek, u agentliklar körsatgan xizmatlari uçun qança mablağ talab qilişi mumkinligiga töxtaldi.

“Xususiy bandlik agentliklari öz xizmatlarini körsatganligi uçun heç qanday mablağ undirişga haqqi yöq. Ular har qanday moliyaviy munosabatni iş beruvçi bilan hal qilişlari kerak. Fuqarodan olişi mumkin bölgan mablağ konsalting xizmatlari uçun BHMning bir barobarini taşkil qiladi, ya’ni eng katta summa – 300 ming söm.

Nafaqat litsenziyasiz, balki konsalting firma niqobi ostida işlayotgan noqonuniy kompaniyalar ham köpaymoqda. Xorijda işga joylaştiriş – qonun böyiça litsenziya talab qilinadigan soha. Şuning uçun fuqarolarimizdan bevosita mana şu korxonalarning faoliyatini tekşirişni söraymiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buyuk Britaniyada qişloq xöjaligida iş” kabi e’lonlar çiqadi. Telefon qilasiz: “Keling, sizga Britaniyada iş taklif qilamiz”, deydi. Borasiz, 100-200 dollardan, hatto 1000 dollargaça pul olişadi. Lekin na xizmatdan va na puldan darak bor, fuqarolarimiz aldanib qolişadi”, – deydi u.

Uning sözlariga köra, vazirlik  rasmiy sahifalari orqali litsenziyasiz kompaniyalar tekşirilib, doimiy ravişda röyxatni yangilab turiş amaliyoti joriy qilinmoqda.