Boş prokuratura bölim katta prokurori Farrux Sultonovning ma’lum qilişiça, Boş prokuror örinbosari rahbarligidagi Respublika ştabi hamda viloyat va tuman – şahar prokurorlari rahbarligidagi hududiy ştablar tomonidan Investitsiya dasturidagi joriy yilda yangidan boşlanuvçi 1417 ta obektning loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilgan va ularning 1407 tasi ekspertizadan ötkazilgan. Jumladan:
- “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlaridagi 5 947 ta obektning loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilib, ularning 5 564 tasi ekspertizadan ötkazilgan;
- “Yangi Özbekiston” massivlaridagi 499 ta obektning loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilib, ularning 437 tasi ekspertizadan ötkazilgan;
- dasturlardagi obektlar uçun ajratilgan mablağning 5 trln sömdan ortiği yoki qariyb 24 foizi moliyalaştirilib, pudrat taşkilotlari tomonidan 4,5 trln sömlik işlar bajarilgan;
- Investitsiya dasturidagi 50 ta, “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturidagi 125 ta obektlarda işlar sifatli yakunlanib, foydalanişga topşirilgan;
- dastur ijrosi böyiça mutasaddilar faoliyatini samarali muvofiqlaştirib boriş maqsadida Respublika ştabi tomonidan Toşkent, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Andijon, Farğona, Namangan, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Toşkent şahrida örganişlar ötkazilgan.
Uşbu örganişlarda aniqlangan muammolarni hal etiş, jumladan, obektlarda sifatli mahalliy quriliş materiallarini işlatiş, loyihalarni optimallaştiriş hamda yangi texnologiyalardan foydalaniş çoralari körildi.
“Dasturlar ijrosida kamçilikka yöl qöygan va öz vazifasini lozim darajada bajarmagan 252 nafar mas’ullar intizomiy va 359 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Quriliş sohasida qöpol qonunbuzilişi holatlari yuzasidan 61 ta jinoyat işlari qözğatildi. 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklab berildi.
Ştablar tomonidan ötkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida amaldagi qonunçilik hujjatlarini takomillaştiriş masalalari ham örganib çiqilmoqda.
Xususan, respublika ştabi tomonidan quriliş-pudrat, loyiha-qidiruv taşkilotlari reytingini yuritiş va elektron tender savdolarini ötkaziş tartibidagi ayrim holatlar körib çiqildi. Mazkur masalalarni körib çiqiş jarayonida loyiha va pudrat taşkilotlari ham bevosita jalb etilib, ularning fikr va takliflari olindi.
Muhokamalar natijasiga köra amaldagi quriliş-pudrat va loyiha-qidiruv taşkilotlari reytingini hamda elektron tender savdolari ötkazişni takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqilib, Hukumatga kiritildi.Uşbu takliflar reyting yuritiş va elektron tender ötkazişda halol raqobat hamda adolat tamoyillariga qat’iy rioya etiş, mazkur jarayonlarda inson omilini keskin qisqartiriş va pudrat taşkilotlarining haqiqiy salohiyatini aniqlaşga xizmat qiladigan tizim yaratişga qaratilgan. Hozirda takliflar belgilangan tartibda körib çiqilmoqda”, deya Farrux Sultonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












