Dosent va professor vakansiyasi mavjud bölgan kafedralar röyxati: Inson resurslarini boşqariş, Tarmoqlar iqtisodiyoti, Fundamental iqtisodiyot, Makroiqtisodiy tahlil va prognozlaştiriş, Buxgalteriya hisobi, Moliyaviy tahlil va audit, Moliya, Soliqlar va suğurta işi, Statistika, Iqtisodiy xafsizlik, Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, Innovatsion ta’lim, Iqtisodiyotda matematik metodlar, Jahon iqtisodiyoti, Bank işi va investitsiyalar, Korporativ boşqaruv, Marketing, Turizm va servis, Biznes boşqaruvi va logistika, Menejment va marketing, Xalqaro biznesni boşqariş, Korporativ iqtisodiyot va biznes tahlil, Iqtisodiyot, Moliya va buxgalteriya hisobi, Amaliy matematika Umumiy va aniq fanlar, Ijtimoiy gumanitar fanlar, Ingliz tili, Xorijiy tillar, Özbek tili va adabiyoti.

Xujjatlarni qabul qiliş onlayn tarzda, universitet veb-sayti (tsue.uz) orqali amalga oşiriladi.

Lavozim uçun malakaviy talablar:

·  tegişli ixtisoslik böyiça ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent)/(professor) şuningdek, tegişli mutaxassislik böyiça xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D)/ fan doktori (DSc) yoki unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy daraja va unvonlarga ega böliş;

· davlat tilini, şu jumladan rus yoki ingliz tillarini mukammal biliş;

· zarur bölgan kasbiy va taşkilotçilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegişli bilim hamda könikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan işlay oliş)ga ega böliş.

Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:

· mutaxassisligi böyiça xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;

· xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oşirgan yoki stajirovka ötaganlik;

· xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida iştirok etganlik;