4-8 iyul kunlari Andijon şahrida Özbekiston va Qirğiziston rasmiylarining ikki mamlakat çegarasini demarkatsiya qilişning taşkiliy-huquqiy masalalari böyiça navbatdagi maslahatlaşuvlari bölib ötdi.
Tomonlar davlat çegaralari demarkatsiyasi jarayonini tartibga soluvçi normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini işlab çiqdi. Bu haqda Qirğiziston hukumatining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“Uçraşuv döstlik va özaro tuşuniş ruhida ötdi”, deyiladi xabarda.

Muhokamalar yakunida protokol imzolangan. Kelgusi uçraşuv Qirğiziston hududida bölib ötadi.












