Suv töplaydigan basseyni va uzunligi böyiça Italiyadagi eng katta Po daryosi qurişda davom etmoqda. Suv tanqisligi dehqonlarning hosilini nobud qilyapti. Bir neça oy oldin serob daryo yaşil qirğoqlar böylab oqar edi, hozir esa bu joylar çölga öxşab qolgan.
Italiya şimolidagi hozirgi qurğoqçilik sönggi 70 yildagi eng yomoni deb aytilyapti. Bu bahor va yozda yomğirning kamligi, qişda qorning yöqligi va yozda haroratning nisbatan yuqori ekani bilan boğliq.
Italiyaliklar uçun bu iqlim özgarişining xavotirli oqibatlari haqida yana bir eslatma böldi – yaqinda Dolomit muzligining qulab tuşişi oqibatida 11 kişi halok bölgan edi.
Iyul oyi boşida Italiya şimolidagi beşta hududda qurğoqçilik tufayli favqulodda holat e’lon qilingan edi. Önlab munitsipalitetda suv iste’moli böyiça çeklovlar kiritildi.
Po vodiysi dehqonlarining aytişiça, daryo ba’zi joylarda qurib qolgan, ba’zi joylariga esa oqimga şör dengiz suvi aralaşib, ekinlarga zarar yetkazmoqda.

Adriatika dengizi yaqinidagi fermalardan birining xöjayini Janpaolo Bassi yerdan qurigan butani suğurib oladi, uning ildizlarida yeryonğoq bölişi kerak edi. 32 yoşli fermer hosilning pastligini dengiz suvi bilan boğlayapti.
«Tuzli suv ekinlarni öldiradi, ular tuz konsentratsiyasiga doş berolmaydilar», deydi Janpaolo. Uning hisob-kitobiga köra, bu yil hosilining çorak qismini yöqotişi mumkin.
Po daryosi şimoliy Italiya böylab janubi-ğarbiy Alp toğlaridan Adriatika dengizigaça 650 km masofaga çözilgan. Köpgina mahalliy aholining hayoti uning atrofida aylanadi. Italiya qişloq xöjaligining deyarli uçdan bir qismi u bilan boğliq.
Po daryosining ba’zi joylarida suv sathi şu qadar pastki, hatto Ikkinçi jahon uruşi davridagi barjaning qoldiqlari körinib qolgan.
«Odatda şör dengiz suvi daryo özanidan bir neça kilometr içkariga kiradi. Ammo hozirgi ma’lumotlar 30 km içkarida ham şör suv borligini körsatmoqda», deydi Ferrara universiteti qirğoq dinamikasi professori Paolo Kiavola.
Professorning tuşuntirişiça, odatda çuçuk suv oqimi şör suvni dengizga haydaydi, ammo hozirda daryo çekinmoqda.









