Ma’lumki, aholi tarkibidagi eng yirik etnik guruhlar içida tuğişgandek yaqin, özgaça qadr va qimmatli qoraqalpoq millati xalqimiz tarixida muhim ahamiyatga ega.
Urf-odatlari, milliy qadriyatlari, orzu-istaklari, qon-qarindoşligi ongi-şuuriga singib ketgan bu ikki xalq bolajonligi bilan alohida ajralib turadi.
Buning yaqqol dalili sifatida aytiş mumkinki, yozgi ta’tilni maroqli ötkaziş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasining Ellikqal’a, Bözatov tumanlari hamda Nukus şahridan Farğona viloyatiga kelgan 302 nafar öğil-qizlar bugun Qöqon şahridagi Koinot oromgohida dam olmoqdalar.
Ayniqsa, bugun bu maskanga Farğona davlat universiteti rektori Bahodirjon Şermuhammadovning taşrifi bolajonlar uçun quvonarli böldi.
Bayramga aylanib ketgan uçraşuvda ular bilan samimiy muloqot ham olib borildi.
Universitet jamoasining bolalar ma’naviy dunyosini boyitiş, kitobxonlikni yuksaltiriş maqsadida qiziqarli badiiy kitoblar, futbol, voleybol, badminton, şaxmat, şaşka, stol tennisi, voleybol va boşqa foydali maşğulotlar uçun sport anjomlari, şirinliklar bilan kirib kelişi oromgoh yoşlariga olam-olam zavq ulaşdi.

“Biz qoraqalpoq xalqining qançalik tanti, keng fe’lli, mard el ekanligini qalban çuqur his etamiz. Şu millatning yuragidagi ahdlari, hayotidagi orzu-umid uçqunlari, yurtiga sadoqati közlaridan porlab, aks etib turgan bolajonlari - bizning ham farzandlarimizdir. Ularning quvonçiga quvonç qöşiş esa burçimizdir”, – deya ta’kidladi universitet rektori öz sözida.
Keçki madaniy dasturda esa viloyatning taniqli xonandalari bolajonlar xizmatida bölib, turli kuy-qöşiqlar ijro etildi.






