08:26 / 05.08.2022
2352
Yaponiya O‘zbekistonda tejamkor generatorlar va quyosh panellari o‘rnatish loyihasini amalga oshirmoqchi
Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi Hanwa Co., Ltd Yaponiya kompaniyasi boshqaruvchisi Daygoro Fukuzava bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Suhbat chog‘ida yapon kompaniyasi o‘z hamkorlari bilan birgalikda respublika chekka hududlarida joylashgan kasalxonalarda mustaqil elektr ishlab chiqarish texnologiyasi tatbiq etilishi loyihasini amalga oshirish, tibbiy muassasalarda gaz va dizel yonilg‘isi yordamida elektr quvvati ishlab chiqaruvchi tejamkor generatorlar va quyosh panellarini o‘rnatishdan manfaatdorlik bildirdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida JCM (qo‘shma kreditlash mexanizmi) asosida karbon kreditlarni yapon tomoniga eksport qilish loyihasi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston energetika, sog‘liqni saqlash, investitsiya va savdo vazirliklari, tuman hokimliklari va mahalliy tibbiyot muassasalari sarmoyalari hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) “Rivojlanishga rasmiy ko‘mak” dasturi imkoniyatlarini jalb qilish nazarda tutilgan.

Yapon tomoni bildirishicha, tibbiy muassasalarda muqobil energiya manbasi uzluksiz mavjud bo‘lishi bemorlar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish, xarajatlarni qisqartirish hamda elektr manbaiga ortib borayotgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida loyiha asosiy obekti sifatida aynan tibbiyot muassasalari tanlab olingan.

Mustaqil elektr ishlab chiqarish texnologiyasini tatbiq etish afzal tomonlari respublikada elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish, magistral elektr uzatish tarmoqlari va kichik stansiyalarda kuchlanish oldini olish asosiy maqsadlardan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Loyiha yutuq va afzalliklarini namoyon qilish maqsadida respublika mahalliy tibbiyot muassasalaridan birida yapon kompaniyasi va hamkorlari tejamkor muqobil energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorni o‘rnatish loyihasini tatbiq etish taklif qilindi.

Mavzuga oid
Top