FIFA ijara qoidalarini kuçaytirdi. Klublarga oson bölmaydi
|19:22 / 07.08.202216 53312 min
Foto: FIFAFoto: FIFA
FIFA transfer tizimini optimallaştiriş böyiça keng kölamli islohotlarni davom ettirmoqda. Jarayon 2017 yilda boşlangan va özgarişlar bosqiçma-bosqiç joriy qilinyapti.
Jumladan, transferlarni röyxatga oluvçi yagona elektron tizimi va futbolçilarning raqamli pasporti allaqaçon paydo bölgan. Joriy yilning uçinçi çoragiga qadar FIFA Clearing House işga tuşiriladi. U birdamlik mukofotlarini tölaş va taqsimlaşning avtomatlaştirilgan tizimi uçun mas’ul böladi. Agentlik tölovlari böyiça özgarişlar ham navbatda turibdi: ular vositaçilarni litsenziya olişga, daromadlar töğrisida hisobot berişga va 10 foizdan ortiq komissiya olmaslikka majburlamoqçi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli islohotlar sekin keçmoqda. Ular 2020 yilda ijara böyiça yangi me’yoriy-huquqiy bazani qabul qilişmoqçi edi, ammo muddat ikki yilga köçirildi. Natijada, qoidalar faqat 2022 yil mart oyida tasdiqlandi va iyul oyida nihoyat kuçga kirdi. Hozirça faqat xalqaro miqyosdagi ijara uçun, lekin milliy assotsiatsiyalar kelasi uç yil içida uşbu qoidalarni qabul qilişi kutilmoqda.
Endi ijaralar qanday tartibga solinadi: muddat va miqdor böyiça qat’iy çeklovlar
FIFA «yoş futbolçilarning rivojlanişi, raqobatbardoş muvozanatni ta’minlaş va futbolçilarning bir jamoada töplanib qolişiga yöl qöymaslik» uçun ijara munosabatlarini tartibga solmoqçi. Ya’ni, taşkilot boy klublar tomonidan önlab futbolçilarni balansda uşlab turilişi va kamtarona jamoalarga ijaraga berib yuborişiga çek qöymoqçi.
Buning uçun quyidagi qoidalar joriy etildi:
- ijara muddati va moliyaviy şartlari körsatilgan yozma şartnoma bölişi;
- ijaraning maksimal muddati – bir yil, minimal muddati - ikki transfer oynasi örtasidagi vaqt;
- subijaraning taqiqlanişi, ya’ni ijaradagi futbolçini boşqa klubga ijaraga bermaslik;
- ikki klub örtasidagi ijara soni böyiça çeklov: bir jamoaga uç nafardan köp futbolçi berilmasligi va uç nafardan köp futbolçi olinmasligi.
Lekin eng muhimi – mavsum davomida ijara sonining umumiy çeklanişi.
Kelgusi ikki yil klublar uçun ötiş davri böladi – yangi şartlar köpçilikni transfer siyosatini keskin özgartirişga majbur qiladi.
Şunday qilib:
- Joriy yilning 1 iyulidan 2023 yilning 30 iyuniga qadar klub köpi bilan sakkiz nafar futbolçini ijaraga berişi yoki olişi mumkin;
Mavzuga oid
- 2023 yil 1 iyuldan 2024 yil 30 iyungaça – köpi bilan yetti nafar futbolçini;
- 2024 yil 1 iyuldan boşlab – köpi bilan olti nafar futbolçini.
Çeklovlardan faqat 21 yoş va undan kiçik bölgan futbolçilar, şuningdek, klub tarbiyalanuvçilari ozod qilinadi (15 yoşdan 21 yoşgaça bölganlar va klubda kamida 36 oy ötkazganlar uşbu toifaga kiradi).
Foto: Getty Images
Ijara instituti uzoq vaqtdan beri bor. «Çelsi» «ijara modasi»ning ommalaşişiga sabab böldi
London klubi yirik ijara tarmoğini yaratişda birinçilardan bölmagan. Biroq, köplab ijara şartnomalari haqida gap ketganda, aynan «Çelsi» esga olinadi. Tizim sobiq texnik direktor Maykl Emenalo tomonidan işlab çiqilgan. Unga köra, klub katta salohiyatga ega yoş futbolçilarni topib, ularni rivojlantiriş orqali kelajakda foyda olişi yoki asosiy tarkib futbolçisiga aylantirişi lozim edi.
Buning uçun klub öz yoş toifasidagi eng kuçli futbolçilarni yiğib olib, söngra ularni ijaraga berib, öyini oçilib ketgunça kuzatardi. Köpçiligi Niderlandiya (asosan «Vitess») va Germaniya klublariga jönatilardi.
Bu tizim köp marta tanqid qilingan: futbolçilar yillar davomida ijaradan ijaraga ötib, oxir-oqibat «Çelsi» libosini kiyişga umid qilmasdan yöqolib qolişardi (masalan, Lukas Piazon bilan şunday voqea sodir bölgan).
Şu bilan birga, asosiy jamoada öynaşga qodir bölganlar unçalik köp emasdi. Tanlov jarayoni juda qattiq bölib, faqat bölğusi yulduzlargina asosiy jamoaga olinardi. Futbol jamoatçiligi «Çelsi» ijara siyosatidan yoşlarni rivojlantiriş uçun emas, balki daromad oliş uçun foydalanayotganini tanqid qilib kelar edi.
Ammo bu klubni xavotirga solmadi – tizim haqiqatan ham barqaror moliyaviy modelni yaratişga imkon berdi. U nafaqat daromad keltirdi, balki «Çelsi» uçun asosiy tarkib futbolçilarini ham yetiştirdi: Meyson Maunt, Ruben Loftus-Çik, Trevo Çaloba, Ris Jyeyms va boşqalar.
Mana bir neçta muvaffaqiyatli bitimlar:
- Mario Paşaliç («Xayduk»dan 2,5 mln yevroga sotib olingan) ➡️ «Atalanta»ga 14,5 mln yevroga sotildi;
- Natan Ake (tarbiyalanuvçi) ➡️ «Bornmut» 22,8 mln yevro;
- Fikayo Tomori (tarbiyalanuvçi) ➡️ «Milan» 28,8 mln yevro;
- Mark Gehi (tarbiyalanuvçi) ➡️ «Kristal Pelas» 23,3 mln yevro;
- Temmi Abraham (tarbiyalanuvçi) ➡️ «Roma» 40 mln yevro.
Ijarada ma’lum vaqt öynab, keyinçalik «Çelsi» ularni sotib yuborganidan söng yulduzga aylanganlar ham böldi (Kevin de Bryuyne, Tibo Kurtua, Muhammad Saloh). Bular «murabbiylik falsafasining qurbonlari», şunçaki öz vaqtida jamoa modeliga mos kelmadi.
Ammo faoliyatini ijaralarda ötkazib, çökib ketgan va arzon-garovga berib yuborilganlar ham böldi.
«Doimiy ijaralardan ma’no yöq», - deb Piazon sözlarini keltirmoqda Daily Mail. «Bu heç bir futbolçi uçun yaxşi emas. 22 yoşimda har mavsumni turli klublarda ötkazyapman, bunda ijobiy holatni körmayapman. Asosiy tarkibdan joy oliş qiyin. Har bir jamoaning öz futbolçilari bor. Har safar asosiy tarkibdan joy oliş uçun kuraşaman, öyin daqiqalari va gollarga intilaman».
Qişda «Çelsi»ning 21 futbolçisi ijarada edi. Ulardan ön nafari 21 yoşdan oşgan: Natan Bakster, Jyeyk Klark-Solter, Emerson Palmiyeri, Metyu Miazga, Bobo Rahmon, Xuan Kastilo, Dujon Sterling, Tiyemue Bakayoko, Denni Drinkuoter, Mişi Batşuayi. Şu bilan birga, ularning tört nafari klub tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. Şu sababli, klub ijaradagilar kvotasini buzmadi. Hozir esa ijarada 13 nafar futbolçi qoldi.
- Romelu Lukaku, hujumçi («Inter», ijara muddati 30.06.23)
Yangi qoidalar bilan «Atalanta» qiyin vaziyatga tuşib qoladi. Hozirda klubning 35 nafar futbolçisi ijarada (oldin ular ikki baravar köp edi!)
«Çelsi» öz ijara tizimini işlab çiqqanidan söng, köplab klublar undan andoza olişga harakat qildi. «Atalanta» esa tajribani hammadan yaxşiroq özlaştirdi – qişda jamoaning 64 futbolçisi ijarada edi.
2016 yilda Jan Pero Gasperini boş murabbiy bölgaç, keng miqyosdagi islohotlar boşlandi. Oldin klub yoşlarni tarbiyalaşga e’tibor qaratgan bölsa, endi transfer bozori orqali daromad olişni közlay boşladi.
Rahbariyat asosiy tarkibni kuçaytiriş uçun akademiya kerakli miqdorda iqtidorli futbolçilarni yetiştira olmasligini tuşundi. Jismonan çidamli va qobiliyatli futbolçilarga muhtoj bölgan Gasperinini xursand qiliş va pul topiş kerak edi. Şu joyda «Çelsi» tizimi qöl keldi.
«Atalanta» Wallabies agentligining skautlik xizmati bilan hamkorlik qila boşladi va yoş futbolçilar bozoriga kirdi. 2019 yilda klub 76 futbolçini ijaraga berdi. Bu yil qişda - 64. Strategiya iş bera boşladi.
- Alessandro Bastoni va Roberto Galyardini mos ravişda 31,1 million yevro va 20,5 million yevro evaziga «Inter»ga ötdi;
- Frank Kessie bir qança ijaralardan söng «Milan»ga 32 million yevroga sotildi;
- Deyan Kuluşevski «Yuventus»ga 35 million yevro evaziga berildi.
Sönggi yillarda heç bir klub «Atalanta» kabi arzon sotib olib, qimmatga sotmagan. Klub, hatto pandemiya davrida ham daromad oldi.
«Atalanta» sönggi bir neça yil davomida ijaraga berilgan futbolçilar soni böyiça yetakçi jamoalar qatoriga kirdi. Şu bilan birga, ularning aksariyati akademiya tarbiyalanuvçilari va 21 yoşgaça bölgan futbolçilardir. Ular bozorda bir neça sabablarga köra talabgir hisoblanadi: «Atalanta» maktabining obrösi, kambağal klublarning qiziqişi va yoşlarning istiqbol uçun ketişga tayyorligi.
Yangi qoidalar kuçga kirgaç, «Atalanta»da ijaraga berilgan futbolçilar ança kamaydi – 35. Italiya klubi hali çeklovlarni buzgani yöq, çunki futbolçilarning aksariyati mamlakat içidagi jamoalarga tarqalib ketgan, şuningdek, istisno ostiga tuşganlari ham bor.
A Seriyada «Inter» ham ijara tizimini taşkil qilgan, ammo kölami «Atalanta»nikidan kamroq - qişda klubning 47 futbolçisi ijarada edi, hozir esa 29. Şuningdek, «Yuventus», «Sassuolo», «Jyenoa» va «Napoli» klublarida ham önlab futbolçilar ijaraga berilgan.
Foto: Mançester Siti
Qoidalarni çetlab ötiş mumkin. «Siti» va «Leypsig» uçun oson böladi
21 yoşgaça bölgan futbolçilar va öz tarbiyalanuvçilari uçun qoidalar köproq erkinlik beradi. Biroq, baribir, yangi qoidalarga moslaşib olişga töğri keladi. Bu esa klublarga qiyinçilik tuğdirişi mumkin.
Qoidalarni çetlab ötiş mumkin va bu konsorsiumlarning bir qismi bölgan jamoalar uçun oson. Masalan, «Mançester Siti» yoş futbolçilarni «Nyu-York Siti»ga sotişi, keyin esa özaro manfaatli şartlar asosida qayta sotib olişi mumkin, çunki klublar bir tuzilmaga kiradi.
City Football Group 12 ta klubga egalik qiladi, şuning uçun variantlar juda köp: ingliz klubidan taşqari, «Palermo», «Jirona», «Trua», «Mumbai Siti», «Nyu-York Siti», «Iokogama F. Marinos», «Lommel», «Melburn Siti», «Montevideo Siti Torke», «NAK Breda» va «Siçuan Tszyunyu» ham bor.
Xuddi şu holat «Leypsig» kiradigan Red Bull tizimidagi jamoalarga ham taalluqli – avval futbolçilar ijara şartnomalari böyiça almaştirilgan bölsa, endi ular qisqa muddatli transferlarni rasmiylaştirişi mumkin.
Yangi qoidalar futbolning umumiy iqtisodiyotiga va futbolçilarning rivojlanişiga ijobiy ta’sir körsatişi mumkin, FIFA şunga umid qilmoqda. Yillar davomida jamoadan jamoaga sarson-sargardon böliş örniga, futbolçilarning istiqboli aniqroq böladi: yo unga bir klubda işonç bildiriladi yoki boşqa joyda rivojlaniş imkoniyatini berilib, sotiladi. Şuningdek, FIFA yangi qoidalarning joriy etilişi raqobat muhitini kuçaytirişga yordam beradi, deb hisoblamoqda.