«Kurdlar qaytimga beriladigan tanga emas» - Turkiya Şvetsiya va Finlandiyadan kimlarni topşirişni söramoqda?
|21:47 / 07.08.202233 73416 min
Turkiya boşida qarşilik qilganiga qaramay, Finlandiya va Şvetsiyani NATOga qabul qiliş jarayoni boşlandi. Erdöğan boşçilik turklar bunga osonlikça rozi bölgani yöq. Ularning iddaosiça bu ikki davlat Turkiya terrorçi deb topgan Kurdiston işçi partiyasi vakillariga boşpana bergan va NATOga kirişni istasa, turklar talab qilgan 73 kişini qaytarişi kerak. Xöş, Anqara terrorçi deb bilgan odamlar kim?
2015 yil turkiyalik maşhur jurnalist, ingliz tilidagi Today's Zaman muxolif gazetasi boş muharriri Bulent Keneş tvitterdagi sahifasida mamlakat hukumatini tanqid qilar ekan, «Rajab Erdöğanning onasi tirik bölsa, öğli uçun uyalgan bölardi», deb yozadi. Köp ötmay politsiya jurnalistning iş kabinetiga «yöqlab boradi». Uning qölga olinişi turk telekanallarida jonli efirda körsatiladi. Bu vaqtda Erdöğan prezident lavozimida bir yildan ortiq işlab ulgurgan, Turkiya siyosati keskin özgarib ketgandi.
Turkiya jinoyat kodeksidagi 299-moddani turklar yaxşi bilişadi – «prezidentni haqorat qilganlik uçun jazo». Bu modda avvaldan bölgan, ammo aynan Erdöğan prezidentlikka kelgaç, ayniqsa faol qöllana boşladi. Turkiyada bu «öta oğir jinoyat» uçun naq 4 yilga qamaliş mumkin.
Tabiiyki demokratik tamoyillarga amal qiluvçi va Turkiya ham tarkibiga kiruvçi Yevropa kengaşi bu modda böyiça izoh talab qilgan, turklar esa uning zarurligini şunday izohlaşgan: prezident mamlakatning yuzidir, şunday ekan, prezidentni haqorat qiliş davlatga nisbatan jinoyat.
Uşbu moddada aynan qanday sözlar prezidentni haqorat qilişga kirişi aytilmagan, lekin boşqa moddalarda buning ta’rifini uçratiş mumkin. Ya’ni insonning şa’ni va obrösiga şubha bildiriş – turk qonunçiligida haqorat deb qabul qilingan.
Yevropa kengaşi Turkiyada bu modda amalda bölişini tanqid qilgan, inson huquqlari böyiça Yevropa sudi esa bu modda inson huquqlariga zid ekani, erkin fikr bildiriş huquqini çeklaşi borasida hukm çiqargan.
2014 yil Erdöğan hukumat tepasiga kelganda 132 kişiga nisbatan prezidentni haqorat qilganlik ayblovi bilan iş oçilgan, ularning 40 nafari jazoga tortilgan. Bir yil ötib Turkiyada 1953 kişiga nisbatan yuqoridagi ayblov bilan iş oçilgan. 2016 yilga borib bu raqamlar 4 mingdan oşib ketadi. Umumiy hisobda 2014-19 yillarda prezidentni haqorat qiliş ayblovi böyiça 27 mingta iş oçişadi.
Ingliz tilidagi Today's Zaman gazetasi heç qaçon muxolif kayfiyatdagi naşr ekanini yaşirmagan va öz çiqişlarida hukumatni tez-tez tanqid qilib kelgan. Prezidentni haqorat qiliş ayblovi bilan mahkamaga olib ketilgan boş muharrir Bulent Keneş hukumat bosimi sabab öz lavozimidan ketganini ma’lum qiladi. U işdan ketgaç gazeta ham köp işlamaydi va 2016 yilda yopilib ketadi.
Turkiyadagi Hurriyet hukumat gazetasi göyoki Erdöğan Madriddagi NATO sammitida Finlandiya hamda Şvetsiya turklarga topşirişi kerak bölgan 45 nafar «terrorçi»dan iborat röyxat berganini xabar qilib, bu röyxatdagilarning ismini e’lon qildi. Jurnalist Keneş mana şu röyxatda bor. Bulent Keneşning aytişiça, Turkiyada unga qarşi 30 taça iş oçişgan. Ammo hukumatning jurnalistga bildirayotgan asosiy e’tirozi 2016 yilgi davlat töntarişiga uriniş oldidan e’lon qilgan postiga qaratilgan...
Mavzuga oid
Davlat töntarişini taxmin qiliş
2016 yil Turkiyadagi davlat töntarişiga uriniş sodir böldi. Öşa vaqtda Örta Yer dengizidagi sohilda dam olayotgan prezident Erdöğanni qölga olişolmaydi, davlat töntarişi esa mahalliy aholining yordamida yöqqa çiqariladi.
Bu voqeadan keyin hukumat yoppasiga «tozalaş» işlariga kirişib ketadi. Ön minglab mansabdorlar, öqituvçilar, sudyalar işdan haydaladi, minglab jinoiy işlar oçiladi. Öşa vaqtda Turkiya hukumati davlat töntarişiga aloqadorlikda gumonlangan 47 nafar jurnalist röyxatini e’lon qiladi. Bu röyxatga Bulent Keneş ham tuşib qoladi.
Gap şundaki, davlat töntarişiga urinişdan biroz avval jurnalist Turkiyada demokratiya yöqligi haqida post yozadi. Öşa maqolasida jurnalist jamiyat Erdöğan prezidentligi davrida boşdan keçirayotgan keskinlik özgarmasa, buning oqibati yomon bölişi va hatto davlat töntarişiga aylanib ketişi mumkinligi haqida aytadi. Aynan şu jumla sabab jurnalistga davlat töntarişiga aloqador deb qaray boşlaşadi.
«Bunday ayblov bilan qölga olinganlarni qiynaşlari va hatto öldirişlari mumkinligini bilardim. Şu sabab ikki hafta yaşirinib yurdim va keyin sezdirmay mamlakatni tark etdim», deydi Keneş. Jurnalist Şvetsiyaga borgandan keyin siyosiy boşpana söraydi.
Turkiyadagi 2016 yilgi davlat töntarişiga uriniş. Foto: STRINGER/GETTY IMAGES
Turkiya hukumati davlat töntarişiga urinişni Fathulloh Gulen boşqaruvidagi harakat a’zolari amalga oşirgan deb hisoblaydi. Öz vaqtida Turkiyada maşhur imom va voiz bölgan Gulen nafaqaga çiqqanidan keyin butun dunyo böylab yuzlab maktab va oliygohlar oça boşlaydi. Qiziği, Gulen va Erdöğan bir vaqtlar yaqin hammaslak bölişgan, ammo ularning yöllari 1999 yilda ayriladi. Öşanda AQŞga ketgan Gulen ortiq Turkiyaga qaytmaydi. Şundan buyon Erdöğan Gulenni özining asosiy duşani deb biladi. Uning rahbarligidagi «Xizmat» harakat Turkiyada terrorçilik taşkiloti deb topilgan. AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Britaniya esa bunday qarorga qöşilmaydi.
Hozir Turkiyada jurnalist Keneşni Fathulloh Gulen harakatiga aloqador deb bilişadi, ammo uning özi mustaqil jurnalist ekani, heç kimga aloqador emasligini aytib, unga nisbatan ilgari surilayotgan barça ayblovlar soxtalaştirilgan deb biladi. Turkiya Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirişi evaziga söragan şarti sabab Keneş kabi jurnalistlar Turkiyaga ekstraditsiya qilinişi mumkin.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, Yevropa şimolidagi Şvetsiya va Finlandiya kabi betaraf davlatlar ham NATOga kiriş haqida öylay boşladi. Uruş çözilavergaç, ikki davlat alyansga kirişga qat’iy qaror qildi. NATOga qabul qiliş tartibiga köra, yangi a’zolar alyansning barça a’zolari rozilik bergaçgina qabul qilinadi. Turkiya Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirişiga qarşi ekanini ma’lum qildi. Sabab sifatida bu ikki davlat göyoki terrorçilarni qöllaşi keltirildi.
Ammo AQŞ prezident Jo Bayden va Turkiya prezidenti Rajab Erdöğanning telefon suhbatidan keyin NATOning Madridda ötgan sammitida Turkiya ikki davlat aytgan şartini bajarsa, ularning alyansga kirişiga qarşilik qilmasligini ma’lum qildi. Sammitda Turkiya, Finlandiya va Şvetsiya örtasida memorandum imzolandi. Erdöğan uç davlat nima borasida kelişuvga erişgani haqida öz talqinini ma’lum qildi. Uning aytişiça, Finlandiya va Şvetsiya Anqara söragan 73 kişini berişga rozi bölgan. Turkiya bu kişilarni terrorizmda ayblagan.
Keyinroq memorandumning özi e’lon qilindi. Unda Şvetsiya va Finlandiya Turkiya terrorçilikda ayblayotgan odamlarni deport yoki ekstraditsiya qiliş masalasini körib çiqişi (!) aytilgan. Turkiya tomonining aytişiça, röyxatdagi aksar odamlar mamlakatda terrorçi taşkilot deb topilgan Kurdiston işçi partiyasi a’zolari bögan kurdlar hisoblanadi. Bu taşkilot Turkiya içida Kurdiston avtonomiyasi tuzişni istaydi. Kurdiston işçi partiyasi AQŞ va Yevropaning qator davlatlarida ham terrorçilik taşkiloti deb topilgan.
Erdöğan uçun boş oğriq
Kurdlar dunyodagi öz davlatiga ega bölmagan eng katta millat hisoblanadi. Birinçi jahon uruşidan keyin hozirda kurdlar yaşayotgan yerlar Iroq, Eron, Turkiya va Suriya örtasida bölib olingan. Ammo ular boşqa millatlar bilan qöşilib keta olmagan. Hozir butun dunyo böylab 30-40 million kurdlar yaşaşi aytiladi, ularning aksari sunniy musulmonlar.
Iroqda kurdlar ançagina huquqlarga ega Iroq Kurdistoni nomli avtonomiya tuzişga erişgan. Ammo Suriya va Turkiyada kurdlar kamsitilişini aytib keladi. Turkiyada 15 milliondan ortiq kurd yaşaydi. Bu turli körsatkiçlarga köra Turkiya aholisining 15 va hatto 23 foizini taşkil etişi aytiladi.
Kurdlar avtonomiyasi tuziş yölidagi kuraşda hal qiluvçi rolni Abdulloh Öjalan öynagan. Kurdiston işçi partiyasi 1970 yilda aynan Öjalan tomonidan tuzilgan. Partiya qölda qurol bilan millat mustaqilligiga erişişga harakat qila boşlaydi. Ötgan yillar davomida Turkiya bilan töqnaşuvlarda 40 mingdan ortiq odam halok bölgan.
Turkiya parlamentidagi Xalqlar demokratik partiyasi kurdlar manfaatlarini himoya qiladi. Ammo Kurdiston işçi partiyasi bilan aloqalari iddao qilinayotgani sabab bu partiya yopilib ketişi mumkin.
Kurdlar masalasi Erdöğan uçun doim eng katta muammo bölib kelgan. Turkiya prezidenti kurdlar bilan nafaqat mamlakat içida, balki Suriyada ham kuraşib keladi. Suriya demokratik kuçlari partiyasi kurdlarniki hisoblanadi. Ular IŞIDga qarşi uruşda AQŞning ittifoqçisi edi. Köplab ekspertlar Erdöğan kurdlardan keladigan xavfni börttirib körsatişi, bundan özining siyosiy maqsadlari yölida foydalanişini aytib keladi.
Abdulloh Öjalan 1999 yildan buyon qamoqda. 2013 va 2015 yilda e’lon qilingan sulhga qaramay, 2016 yil Turkiyada amalga oşmay qolgan davlat töntarişiga urinişdan keyin mamlakatda kurdlarga bölgan munosabat keskin yomonlaşdi.
NATO uçun «tölov»
Kurdo Baksi oilasi 50 yildan ortiq vaqt davomida Şvetsiyada yaşaydi. Baksi özini kurddan köra köproq şved deb hisoblaydi, ammo kelib çiqişini ham unutmaydi. Şvetsiyada uni muhojirlar huquqini himoya qiluvçi publitsist sifatida bilişadi. Hozirda öz taqdiridan qörqayotgan kurdlar maslahat oliş uçun Baksiga qönğiroq qilişadi.
«Röyxatdaman deb qörqaman. Bunday işlarda bepul yordam beradigan ba’zi taniş advokatlarim bor. Tanişlarim köpligidan foydalangan holda qiyin ahvolga tuşgan, ammo advokat olişga puli bölmagan oilalar haqida öşa taniş advokatlarimga aytaman. Ular imkon qadar yordam berişadi», deydi Baksi.
Uning aytişiça, kurdlar oxirgi vaqtlarda özlari haqidagi yangiliklarni xavotir bilan kuzatişadi, çunki bu millat oxirgi ön yillikda sodir bölgan voqealarni unutgani yöq. 1980-yillarda Şvetsiyada Kurdiston işçi partiyasidan ajralib çiqqan ikki nafar kurdni öldirib ketişadi. Kurdlarning özaro içki mojarolari Şvetsiya hududida qon tökilişi bilan tugaşi mamlakat hukumatiga yoqmaydi. Olof Palme boşçiligidagi hukumat Turkiyadan keyin ikkinçi bölib Kurdiston işçi partiyasini terrorçi taşkilotlar qatoriga kiritadi.
Olof Palme öldirilgan joy. Foto: JONATHAN NACKSTRAND/AFP VIA GETTY IMAGES
1986 yilda boş vazir Palmening özi öldirib ketiladi. Tergov guruhi Kurdiston işçi partiyasining terrorçi taşkilotlar qatoriga kiritilgani boş vazir öldirilişida motiv bölganini istisno qilmaydi. Tergov guruhi rahbari Hans Holmer işda «kurdça iz» qidira boşlaydi va mamlakatda yoppasiga kurdlarni qölga oliş boşlanadi.
Bu qölga olişlardan keyin tergov kimdir gapirişiga umid qiladi, ammo bunday bölmaydi. Turkiya ham boş vazirni kurdlar öldirgani borasida iddaolarni ilgari suradi, lekin Şvetsiya bu borada Anqaradan heç qanday tayinli ma’lumot ololmaydi. Keyinroq qölga olingan kurdlar qöyib yuboriladi, çunki ularning boş vazir ölimiga aloqadorligi isbotini topmaydi.
Şvetsiyada kurdlar oz emas
Asta-sekin kurdlarning Şvetsiyada örni oşib bormoqda. Hozirda 10 millionlik Şvetsiya aholisining 1 foizdan köproğini kurdlar taşkil etadi. Mamlakat parlamenti a’zolari orasida ham 6 nafar etnik kurd bor. 2020 yilda esa Şvetsiyadagi kurdlar yana özlarini xavf ostida his qila boşladi. Öşa yili mamlakatda terrorçilar va ularning tarafdorlari uçun jazo jiddiylaştiriladi, bir neça yil avval IŞIDga qöşilib ketgan fuqarolarni ortga qaytariş harakatlari boşlanadi. Töğri, bu çoralar kurdlarga emas, IŞID jangarilariga qarşi joriy qilinadi, ammo Kurdiston işçi partiyasi ham terrorçi taşkilotlar qatoriga kiritilgani sabab Şvetsiyadagi kurdlar ham özini xavf ostida his qila boşlaydi.
Baksining aytişiça, Şvetsiya 38 nafar kurdning yaşaş ruxsatnomasini uzaytirişdan boş tortgan. Ular ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Kurdiston işçi partiyasi bayroği yoki partiya asosçisi Abdulloh Öjalanning suratini joylagan.
«Mahalliy politsiya köplab kurdlarni şu sabab terrorçilarga bilan aloqadorlikda gumonlab tergov qildi. Şvetsiya NATOga kirişi uçun kurdlar bu qadar oğir tovon tölaşi adolatsizlik. Mahalliy telekanallardagi çiqişimda köp bora takrorladim: kurdlar Putin yoki Erdöğan kabi xavfli emas», deydi Baksi. Uning aytişiça, e’lon qilingan röyxatdagi 73 kişining 30 foizi jurnalist va publitsistlar. «Turkiyaga qaytsa, ular nafaqat qamoqqa taşlanadi, balki ölguniça qiynalişi mumkin. Şaxsan men bunga işonaman», deydi Baksi.
Hammasi qonun böyiça
Şvetsiya hamda Finlandiya hozirça Rajab Erdöğanning talablariga sovuqqonlik bilan yondaşmoqda. Migrantlar masalasi böyiça Şvetsiya adliya vaziri Morgan Yuhansson ekstraditsiya masalasini mustaqil sudlar hal qilişini aytdi.
«Şvetsiyada qonunçilik mustaqil sudlarga tayanadi. Şvetsiya fuqarolari ekstraditsiya qilinmaydi. Fuqaroligi bölmaganlar boşqa davlat tomonidan yuborilgan sörov asosida topşirilişi mumkin, lekin bu Şvetsiya qonunçiligi hamda Yevropa konvensiyasiga zid bölmasa», deydi Yuxansson.
Foto: BRENDAN SMIALOWSKI/AFP VIA GETTY IMAGES
Yevropa konvensiyasida esa insonlar qiynoqqa solinişi mumkin emas deb aniq qilib aytilgan. Turkiya ekstraditsiya qilinganlarni qiynamaslik böyiça kafolat berişiga işoniş qiyin. 2016 yil amalga oşmay qolgan davlat töntarişiga urinişdan keyin mahbuslar qamoqxonada ularni qanday qiynaşgani haqida aytib bergan. Advokatlarning sözlariga köra, qamoqda ularning mijozlarining kallasini devorga urişgan, badanini kuydirişgan, söroq vaqtida böğişgan va hatto issiq asfaltga tizzalatib qöyişgan.
Şvetsiya Turkiya sörayotgan odamlarni qaytarişiga yana bir jihat tösqinlik qilişi mumkin. Gap şundaki, Şvetsiya allaqaçon Turkiya tomoni ekstraditsiya borasida yuborgan 33 ta sörovdan 19 tasini körib çiqib, odamlarni topşirişni rad etgan. Mamlakat Oliy sudi esa körib bölingan işlarga qayta töxtalmaydi.
Finlandiya esa oxirgi 10 yilda Turkiyaga ikki kişini ekstraditsiya qilgan. Şvetsiya va Finlandiya mamlakatdagi kurdlarni Kurdiston işçi partiyasiga aloqador deb topişi mumkin, bunga asos ham topiladi. Lekin ularni Turkiyaga topşiriş uçun asos topilişi qiyin, çunki bu insonlar Turkiyada qiynoqqa soliniişi ehtimoli yuqori.
Ekspertlar fikriça, Rajab Erdöğan vaziyatni töğri tuşunyapti, u finnlar va şvedlar Turkiya terrorçi deb hisoblab, topşirişni sörayotgan odamlarni berişi qiyin ekanini ham biladi. Ammo keyingi yil mamlakatda saylovlar böladi, Turkiyada esa dunyoning deyarli barça davlatlarida bölgani kabi iqtisodiy holat yaxşi emas. Tahlilçilar Erdöğan uşbu vaziyatdan saylovdagi ğalabasi yölida foydalanib qolişini taxmin qilişmoqda. Ikki davlatga NATO yölini tösiş ham bu rejaning bir qismi bölişi mumkin: muammosiz iş qilişni istasangiz, Turkiyaning içki işlarini tanqid qilmang, demoqçi bölyapti Turkiya yetakçisi eskpertlar taxminiça.
Bulent Keneşning fikriça, Erdöğan öz tarafdorlariga u hamon kuçli ekanini körsatişni istamoqda: «Erdöğan şu tariqa öz öyinini öynamoqda. Memorandum tuziş orqali körib qöyinglar, men Ğarb bilan mana şunday savdo qilaman, demoqçi tarafdorlariga».
Şimoliy Suriyadagi kurdlar vakili bölgan Şiyar Ali Şvetsiyadagi kurdlar uçun barçasi yaxşi yakunlanişiga işonmayapti. «Menimça, baribir kimnidir Turkiyaga qaytarişadi. Neça kişi yuborilişi haqida esa bir narsa deya olmayman. Biz şved qonunçiligiga işonamiz, lekin şu bilan birga kurdlar qaytimga beriladigan tangaga aylanib qolişini istamaymiz», deydi u.
Şvetsiyada doimiy yaşaş guvohnomasi olişiga işonayotganlar esa özidan kamroq xavotir olmoqda. Çunki bunday insonlar ekstraditsiya obektiga aylanmasligi ehtimoli yuqori.