Qayd etilişiça, quyidagi maqsadlar uçun subsidiyalar ajratiladi:

  • yengil konstruksiyali issiqxonalar örnatiş uçun 9 mln sömgaça miqdorda;
  • suğoriş vositalari xarid qiliş uçun 3 mln sömgaça miqdorda;
  • uruğliklar va köçatlar sotib oliş uçun 900 ming sömgaça miqdorda;
  • işsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va taşqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan şaxslarga ular bandligini ta’minlaş maqsadida taşkil etiladigan qişloq xöjaligi kooperativlari ustav fondiga uluş sifatida kiritiş uçun 3 mln sömgaça miqdorda;
  • “Özbekipaksanoat” uyuşmasi tarkibidagi qölda gilam va ipak mato töqiş bilan şuğullanuvçilarga uçtadan kam bölmagan iş örni yaratiş şarti bilan gilam va ipak mato töqiş dastgohini xarid qilişga sarflanadigan xarajatlarni qoplaş uçun har bir dastgohga 3 mln sömgaça miqdorda;
  • “Yaylov xöjaligini rivojlantiriş” uyuşmasi a’zolariga qöl mehnati uçun uskunalar xarid qiliş böyiça xarajatlarni qoplaş uçun kamida bitta iş örni yaratiş şarti bilan 3 mln sömgaça miqdorda;
  • 2025 yil 1 yanvargaça jismoniy şaxslar aholi xonadonlarida baliq yetiştiriş yönalişi böyiça öquv kurslarida öqiş xarajatlarini qoplaş uçun 600 ming sömgaça miqdorda bir martalik;
  • tadbirkorlik va özini özi band qiliş faoliyatini boşlamoqçi bölgan işsiz, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boşlaş uçun kerak bölgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qiliş uçun 7 million sömgaça, xotin-qizlarga 10 million sömgaça;
  • tadbirkorlik faoliyatini boşlayotgan işsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat röyxatidan ötgandan söng dastlabki uç oy mobaynida olingan bino va inşootning ijara tölovini tölaş uçun 3 mln sömgaça miqdorida;
  • hunarmandlar “Hunarmand” uyuşmasiga a’zolik badali xarajatlari uçun a’zolik badali miqdorida;
  • aholi bandligiga kömaklaşiş markazida röyxatdan ötgan, tadbirkorlik faoliyatini boşlaşni xohlayotgan işsiz şaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötiş, kiçik korxonalar va mikrofirmalarni davlat röyxatidan ötkaziş uçun sarflanadigan xarajatlarni tölaşda bir martalik;
  • “usta-şogird” an’analari asosida yoşlarga hunar örgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) şogirdlar tayyorlaş, zarur xomaşyo sotib oliş va şogirdlarni iş haqi bilan ta’minlaş uçun 6 oy davomida har oyda 600 ming sömdan kam bölmagan miqdorda;
  • şogirdlarga mustaqil faoliyat boşlaşi uçun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib oliş, ustalarga saytlarini taşkil etiş, öz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonçalariga çiqariş va reklama xarajatlari 50 foizi, biroq 7,5 mln söm miqdoridan oşmaydigan qismiga subsidiya ajratiladi.