Mahallalarda taşkil etiladigan mikromarkazlar uçun yer va mol-mulk soliği stavkasi 50 foiz miqdorda qöllaniladi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi xabar berdi.

Özbekiston prezidenti qaroriga muvofiq, mahallalarda taşkil etilgan yuridik şaxs maqomiga ega sanoat, hunarmandçilik, kasanaçilik, çorvaçilik mikromarkazlari foydalanişga topşirilgan kundan 3 yil muddatga mikromarkazlar obektlari va ular joylaşgan yer uçastkalari böyiça yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği va mol-mulk soliği stavkasi 50 foiz miqdorida qöllaniladi.

Uşbu imtiyozlar davlat soliq xizmati organlari E-imtiyoz axborot tizimiga quyidagi ID-raqamlari bilan kiritilgan: mol-mulk soliği – ID-04042, yer soliği –  ID-104043.

Bundan taşqari, yer soliği hisobot şaklini va mol-mulk soliği ma’lumotnoma şaklini töldiriş böyiça qöllanma e’lon qilindi.