Joriy yil 19-21 iyul kunlari Özbekistonda bölgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi (DIIHB) Ehtiyojlarni baholaş missiyasi (EBM) oraliq hisobotni e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.  

Baholaş asosida EBM DIIHB bölajak referendumni kuzatiş böyiça faoliyatini taşkil qilişi kerakmi, degan savolni örtaga taşlagan hamda agar bunga zarurat bölsa, qaysi faoliyat turi aniqlangan ehtiyojlarga mos kelişini tavsiya qilgan. 

Missiya vakillari konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi ikki marta uzaytirilib, 1 avgust kuni yakunlanganini qayd etgan. Umumxalq muhokamasi tugagaç, konstitutsiyaviy komissiya qonun loyihasini yakunlaşi hamda parlament palatalariga tasdiqlaş uçun yangi matnni taqdim etişi, şundan söng referendum sanasi belgilanişi ta’kidlangan.

Konstitutsiyaviy referendum natijalari majburiydir. Referendum haqiqiy hisoblanişi uçun unda saylovçilar 50 foizi iştirok etişi kerak. Ular yarmidan köpi özgartişlarni ma’qullab ovoz bergan taqdirda qonun loyihasi tasdiqlanadi. Saylovçilardan konstitutsiyaviy tuzatişlar töliq jamlanmasi böyiça “Ha” yoki “Yöq” deb javob beriş söraladi.

Referendumlar 1992 yilda qabul qilingan konstitutsiya, 1991 yilgi “Referendum töğrisida”gi qonun va 2019 yilgi Saylov kodeksi bilan tartibga solinadi. “Referendum töğrisida”gi qonunga oxirgi marta 2022 yil mart va iyun oylarida özgartişlar kiritilgan bölib, ular, asosan, 2019 va 2021 yillarda Saylov kodeksiga kiritilgan özgartişlarni, referendumda nizolarni hal qiliş jarayoni samaradorligini oşiriş, quyi komissiyalar a’zolari betaraflik talabini joriy etiş, çet elda ovoz beriş tartibi, qator texnik tuzatişlarni aks ettirgan. 

DIIHB EBM suhbatdoşlari referendum jarayonini mustaqil ravişda kuzatiş lozimligini va bu borada DIIHB monitoring faoliyati zarurligini ta’kidlagani bildirilgan. Ular jarayon mintaqaviy jihatlarini, me’yoriy-huquqiy bazaga rioya qiliş, referendum ma’muriyati tomonidan referendumga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş, referendumni OAVda yoritiş masalalarini hisobga olgan holda uzoq muddatli kuzatuv missiyasini yuboriş zarurligini ta’kidlagan.

DIIHB EBM konstitutsiyaviy referendumni kuzatiş uçun Çeklangan kuzatuv missiyasini (LROM) yuborişni tavsiya qildi. DIIHB EBM asosiy ekspertlar guruhiga qöşimça ravişda butun mamlakat böylab referendum jarayonini kuzatiş uçun YeXHT iştirokçi davlatlaridan 14 nafar uzoq muddatli kuzatuvçilarni jönatişni tavsiya qildi.