Nyu-Yorkda joylaşgan, internetda soxta ma’lumotlarni tekşiriş va kuzatiş bilan şuğullanuvçi NewsGuard kompaniyasi uruş haqida Rossiya dezinformatsiyasini faol ravişda tarqatuvçi 250 ta saytni aniqladi, ularning aksariyati sönggi oylarda paydo bölgan. 9 avgust, seşanba kuni AP agentligi xabar berişiça, bu tendensiya, aftidan, YeIning RT telekanali va Sputnik agentligi işini taqiqlaş haqidagi qaroriga javob bölgan. 

Saytlarning qariyb yarmi ingliz tilida, boşqalari fransuz, nemis yoki italyan tillarida. Aksariyati uruşdan ança oldin işga tuşirilgan, biroq Moskva bilan aniq boğlanmagan bölgan, ammo ular tösatdan kremlparast materiallarni naşr eta boşladi, deydi ekspertlar. Ularda Ukraina tomoni xalqaro hamjamiyatdan yordam oliş uçun bir qator halokatli hujumlar uyuştirgani hamda ukrainalik qoçqinlar Germaniya va Polşada jinoyat sodir etayotgani haqidagi iddaolar ilgari surilmoqda. 

Bundan taşqari, Yevropa dezinformatsiya bilan kuraş vaziyat markazi (Disinformation Situation Center, DSC) RT videolari ijtimoiy tarmoqlarda yangi brend ostida va boşqa logotipda yoki umuman logotipsiz tarqatilayotganini aniqladi. 

«Kontent moderatsiyasining samarali tizimlarini örnatiş örniga, ular Kremlning dezinformatsiya apparati bilan kim özarga öynamoqda», dedi DSC asos solgan Reset Britaniya nohukumat taşkiloti katta maslahatçisi Feliks Kartte.

Şu bilan birga, AP agentligi ta’kidlaşiça, ekspertlar Ukraina taşviqotini, xususan, «Kiyev şarpasi» harbiy uçuvçisi haqidagi şahar afsonasini tarqatayotgan saytlarni ham aniqladi, ammo bunday manbalar soni kremlparastlarga qaraganda sezilarli darajada kam.

Avvalroq, 27 iyul kuni Lyuksemburgdagi Yevropa sudi RT France telekanalining YeI kengaşiga telekanalning Yevropa hamjamiyatida efirga çiqişini taqiqlaş masalasi böyiça da’vosini qanoatlantirmagan edi. Bu haqdagi qaror Yevropaning umumiy yurisdiksiya sudi katta palatasi tomonidan çiqarilgan.

Lyuksemburgdagi instansiya YeI kengaşi RT France tomoni «Rossiyaning Ukrainaga qarşi beqarorlik va tajovuzkorlik siyosatini faol qöllab-quvvatlaşi» faktini tasdiqlagan degan xulosaga keldi. Bundan taşqari, kanal RFning Ukrainaga qarşi uruşini oqlaydigan hamda jamoat tartibi va YeI xavfsizligiga jiddiy tahdid solişi mumkin bölgan ma’lumotlarni uzatgan, deyiladi Lyuksemburgdagi mahkama xabarida. 

1 mart kuni YeI kengaşi RT English, RT UK, RT Germany, RT France, RT Spanish telekanallari, şuningdek, Sputnik agentligi translatsiyasini taqiqlaş töğrisida qaror qabul qildi. Bunga asos sifatida Rossiya bu kanallar orqali Ukrainaga qarşi tajovuzni oqlaş hamda şu orqali jamoat tartibi va YeI xavfsizligiga tahdid soliş uçun taşviqot olib borayotgani aytildi. RT France bunga javoban Yevroittifoq sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi, şuningdek, taqiqni töxtatib turiş uçun dastlabki huquqiy himoya söralgan iltimosnoma bilan çiqdi.