
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2022-2023 öquv yili uçun quyidagi magistratura mutaxassisliklari böyiça tölov-kontrakt asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim şakllariga qabul davom etmoqda:
«Biznesni boşqariş» (Master of Business Administration – MBA) - öqiş muddati: 2 yil (kunduzgi va sirtqi).
«Loyiha boşqaruvi» (Project Management) - öqiş muddati: 1 yil (kunduzgi) va 1,5 yil (sirtqi).
Qabul kvotasi:
- 70411302 – «Biznesni boşqariş» yönalişida: kunduzgi – 40 nafar, sirtqi – 60 nafar;
- 70411202 – «Loyiha boşqaruvi» yönalişida: kunduzgi – 40 nafar, sirtqi – 60 nafardan talabalar qabul qilinadi.
Magistraturaga kiriş istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
- davlat boşqaruvi organlari, xöjalik birlaşmalari, nodavlat notijorat taşkilotlari va tadbirkorlik sub’yektlari birinçi rahbarlarining imzosi qöyilgan tavsiya xati;
- mehnat daftarçasi (kadrlar bölimi tomonidan imzolangan va muhrlangan holatda)
- oliy ma’lumot töğrisidagi hujjatning nusxasi;
- 4x6 ölçamdagi rangli fotosurat;
- pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
- ingliz tilini biliş darajasini tasdiqlovçi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bölsa).
Magistraturaga kiriş imtihonlaridan (suhbat va test) muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar yuqorida körsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.
Nomzodlarga qöyiladigan talablar: oliy ma’lumotga va oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uç yil iş stajiga ega 45 yoşgaça bölgan (öqitişning faqat kunduzgi şakliga) nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari böyiça oçiq tanlov asosida qabul qilinadi.
Magistraturaga kiriş uçun hujjat topşiriş muddati - 2022 yil 20 iyuldan 20 avgustgaça davom etadi.
Qabul komissiyasi haftaning duşanba – juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gaça işlaydi.






