Umumiy qiymati 4,4 mln dollar bölgan, 1000 tonnadan ortiq mahsulot, jumladan, maişiy texnika va avtoulov ehtiyot qismlari bölgan poyezdning yakuniy manzili Özbekiston bölib, yuk 20 kun içida yetkazilişi kerak, deb xabar bermoqda Kazinfrom.
Yuk poyezdi Lyanyungan (Tszyansu provinsiyasi, Şarqiy Xitoy) dengiz porti orqali ötadi. 2014 yildan buyon Lyanyungan şahrida Qozoğiston logistika terminali işlamoqda.
Tszyansu provinsiyasi taşqi savdo korxonalari uyuşmasi raisi Xuan Xunlyanning sözlariga köra, yangi yönaliş Lyanyungandan Markaziy Osiyoga logistika yuk taşiş imkoniyatlaridan töliq foydalanadi.
Qayd etilişiça, Usi şahri Yanszi daryosi iqtisodiy kamarining asosiy markazlaridan biri hisoblanadi. 2021 yil oxirida Usining savdo aylanmasi birinçi marta 100 mlrd dollardan oşdi, şundan eksport – 65 mlrd dollar, import – 40 mlrd dollar.












