Özbekistonda tarvuzdan zaharlaniş ölimga olib keladigan holatlar juda kam, deydi Sarimsoqov.
— Namanganda 2 kişining tarvuzdan zaharlanib vafot etgani ma’lum qilindi. Şu hodisaga munosabatingiz qanday?
— Avvalo Namangandagi 60 yoşdan oşgan kişilarning tarvuzdan zaharlangani töliq öz tasdiğini topmadi. Bunday deyişimga asos bor. Çunki poliz mahsulotlaridan zaharlaniş yuz bersa, bu faqat 1-2 kişida kuzatilmaydi. Zaharli deb taxmin qilinayotgan tarvuzlar bir dalada köplab yetiştiriladi. Va u tarvuzni sotib olganlar soni ham köp bölib, zaharlaniş ham köp bölgan bölardi.
Bu bilan yetiştirilayotgan poliz mahsulotlari va sabzavotlarda mineral öğitlar yoki zaharli moddalar me’yorida işlatiladi demoqçi emasman. Namangandagi holat böyiça sud-tibbiy ekspertiza xulosasini olgandan keyin zaharlaniş yoki zaharlaniş emasligi aniq böladi.
— Pişiqçilik mavsumida Özbekistonda aynan tarvuz yoki qovundan zaharlaniş qançalik tez uçraydi?
— Bugungi kungaça tarvuz yoki qovundan zaharlanganman, deb şifoxonaga tuşgan bemorlarning qonida mikrobirikmalar me’yordagi holatdan ortiq ekani, aynan poliz ekinidan zaharlaniş taşxisi qöyilgani juda kam uçraydi.
Bevosita tarvuzdan zaharlanganman degan odamlar boşqa biror mahsulotdan ham zaharlangan bölişi mumkin. Çunki tarvuz va qovunda ham uglevodlar böladi. Infeksiya tuşgan mahsulot qovun yoki tarvuz bilan qöşib yeyilsa, öşa uglevodlar oşqozon içak tarkibida infeksiyaning köpayişiga sabab böladi.
— Qanday holatda iste’mol qilingan höl mevalar zaharlanişga olib keladi?
— Dehqon yetiştirgan mahsulotini daladan olib keladi. Keyin uni oraliq sotuvçi olib, kötara savdoçiga olib boradi, kötara savdoçi uni bozorga olib keladi. Bozordan yana savdo maskanlariga tarqatiladi. Ana şu jarayonlarda ifloslaniş holatlari köp böladi. Agar şu ifloslanişlar poliz ekini kesilganda içiga tuşsa, bu ham zaharlanişga olib keladi. Çunki qand miqdori yuqori bölgan mahsulotlarning içki qismida suyuqligi bölgani turli mikroblarning köpayişiga asos böladi.
Bundan taşqari, tarvuz mahsulotini iste’mol qilgandan keyin ustidan toza bölmagan suv içilsa, bular hammasi birgalikda zaharlanişga olib kelişi mumkin. Havo haroratining keskin kötarilişi va oquvçi suvlarning harorati 16-18 darajadan yuqori bölganda şu suvlardagi mikroorganizmlar ham keskin köpaya boşlaydi. Va buning natijasida ana şu narsalar bilan ifloslaniş holatlari ham qayd etiladi.












