Isroil boş vaziri Yair Lapid va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ikki mamlakat örtasidagi diplomatik munosabatlarni töliq tiklaş va elçilarini poytaxtlarga qaytarişga kelişib oldi. Bu haqda Isroil boş vaziri devonxonasi ma’lum qildi.
«Boş vazir Yair Lapid va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning telefon orqali muloqotidan söng Isroil va Turkiya diplomatik munosabatlarni töliq tiklaydi», — deyiladi xabarda.
Turkiya va Isroil öz elçilarini 2018 yilda çaqirtirib olgandi.
Öşanda ikki mamlakat Ğazo sektoridagi voqealar böyiça turliça nuqtai nazarni bildirgandi: Erdöğan Isroilni terrorçi davlat deb atagan, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Turkiya rahbarini HAMASni qöllab-quvvatlaşda ayblagandi.












