“Özgidromet” xodimi Erkin Abdulahadovning xabar berişiça, 18-19 avgust kunlari şimoliy yarimşar, xususan, Özbekistonda ham magnit böroni öta faol bosqiçi kuzatiladi.
Bugun kun davomida G3 va G4 darajaga ega 5-6 ballik magnit böronlari bölişi prognoz qilinmoqda.
G4 darajalik magnit böroni yuqoriroq ta’sir kuçiga ega bölib, 6 ballik magnit maydon geomagnit pörtana (ştorm) kuçiga ega. Bu kuç aloqa, elektr tarmoqlari, navigatsiya tizimi, sun’iy yöldoşlar parvozi, quvur va trubalardagi induksiya oqimi, geologik qidiruv işlari hamda inson salomatligiga ta’sir körsatişi mumkin.
Bugun kun davomida juda köpçilikda boş orqa qismida karaxtlik va biroz köngil ayniş holatlari kuzatilişi mumkin.
Magnit böroni – Quyoş şamoli ta’sirida Yer magnitosferasi vaqtinça özgarişi. Quyoş şamoli kuçayişi magnitosferani ma’lum darajada siqadi. Bundan taşqari, quyoş şamoli Yer nng magnit maydoni bilan özaro reaksiyaga kirib, undan ajralgan energiya bir qismini magnitosferaga ötkazadi. Bu magnitosfera böylab plazma tölqinlari harakati tezlanişi va elektr oqimi kuçayişiga olib keladi.











