Tadbirda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi – boş direktori Quvondiq Sanaqulov, Qöşrabot tumani hokimi Dilşod Şakarboyev hamda Janubiy kon boşqarmasi rahbar-xodimlari iştirok etdi.


Tadbirda söz olganlar mazkur hududda amalga oşirilayotgan işlar, xususan, yangi gidrometallurgiya zavodi, konlar, zamonaviy infratuzilma – Zarkent qörğoni barpo etilganini e’tirof etişdi. Natijada, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, konçilar farovon yaşaşi, yoşlar uçun iş örinlari yaratiş, işlab çiqariş körsatkiçlarini oşiriş, istiqbolli loyihalarni röyobga çiqariş hamda har yili yangidan-yangi obektlarni foydalanişga topşiriş imkoniyati paydo bölayotgani aytib ötildi.


Jumladan, uşbu loyiha Çexiya davlatining “Mayn Konstrakşn Alyans” (“Mine Construction Alliance s.r.o.”) kompaniyasi bilan hamkorlikda bajarildi. Ikki yil davomida Özbekiston konçilik sanoati tarixida ilk marotaba texnik jihatdan nihoyatda murakkab hisoblangan qaziş işlari olib borildi. “Skip” va “Klet” harakatlanadigan diametri 6,5 metr bölgan şaxtaning çuqurligi 1 000 metrga yetdi. Bu yutuq Özbekiston mustaqilligining 31 yillik bayrami oldidan munosib tuhfa, deya e’tirof etildi.
Ayni paytda keyingi bosqiçdagi işlar davom ettirilmoqda. Loyiha 2023 yilning mart oyida töliq yakunlanişi rejalaştirilgan. Bu kelgusida yer qa’ridan har yili 850 ming tonna ma’danni yer yuzasigaça çiqariş imkonini beradi va ma’dan qayta işlaş uçun 4-gidrometallurgiya zavodiga yetkazib beriladi.


Tadbirda şaxtani qaziş işlarida faollik körsatgan bir guruh işçi-xodimlarga “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Konçilik şuhrati” kökrak nişonlari topşirildi.







