Özbekiston taşqi işlar vaziri v.b. Vladimir Norov boşçiligidagi delegatsiyaning Aşxobodga taşrifi doirasida Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredovga «Döstlik» ordenini topşirişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, u Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi köp asrlik döstlik va yaxşi qöşniçilik riştalarini, strategik şerikçilik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantiriş va mustahkamlaşga qöşgan ulkan şaxsiy hissasi uçun orden bilan taqdirlandi.
Özbekiston prezidentining tegişli farmonini taşqi işlar vaziri v.b. V.Norov öqib eşittirdi.
R.Meredov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga uning faoliyatiga berilgan yuksak baho va «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangani uçun minnatdorlik bildirdi.
Turkmaniston taşqi işlar vaziri bundan buyon ham ikki qardoş davlat örtasidagi köp qirrali va strategik şeriklikni rivojlantiriş uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşiriş niyatida ekanini ta’kidladi.











