
Bugungi kunda Özbekistonda yuqori iqtidorga ega bölgan yoş futbolçilarni tanlaş, saralab oliş (seleksiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, futbol böyiça sport maktablari faoliyatini yangi bosqiçga kötariş, soha mutaxassislarini tayyorlaş va ularni moddiy rağbatlantiriş tizimini yaxşilaş, ötkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltiriş muhim masala bölib qolmoqda.


BMB Trade Group investitsion-konsalting kompaniyasi yurtimizda sportni ommalaştiriş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda sohaga zamonaviy menejmentni joriy qiliş yönalişida muhim loyihalarni amalga oşirmoqda.

Kompaniya tomonidan asos solingan «BMB FC» futbol klubi birinçi mavsumning özidayoq futzal böyiça 1-liga musobaqalarida çempionlikka erişib, Özbekiston Oliy ligasida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.
Yuqori divizionda ham çempionlikni maqsad qilgan jamoa 26 avgust kuni «Hilton» mehmonxonasida yangi futzalçi va xorijiy mutaxassislarni taniştiruv marosimini ötkazdi.



Tadbirni BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv kengaşi raisi va BMB futzal klubi prezidenti Bekzod Mamatqulov oçib berdi: «Sönggi 5 yilda iqtisodiyotimizda köplab özgarişlar röy berdi. Prezidentimiz taşabbuslari bilan xususiy sektorga keng yöl berildi. Davlat rahbarimiz tez-tez tadbirkor biznesidan orttira olsa, ijtimoiy sohalarga va sportga e’tibor qaratişi kerakligini aytadilar.
Biz ham sport bilan hamnafasmiz. Bugungi kundagi asosiy maqsadlarimizdan biri — futbol hamda futzalni rivojlantiriş. Futzalimiz Osiyo va jahonda öz örniga ega. Lekin bu ham yetarli emas. Şu sabab Braziliyadan legionerlar jalb qildik, bu orqali yoşlarimizning malakasini oşirmoqçimiz.
























