Bugungi kunda xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan yurtdoşlarimizga har tomonlama kömak beriş, ularning iş va yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, oilalaridan xabar oliş, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning esa içki mehnat bozorida bandligini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Foto: Mehnat vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining viloyatlardagi boşqarmalari hamda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining hududlardagi filiallari bilan hamkorlikda xorijda turli sohalarda işlab, malaka orttirib qaytgan yurtdoşlarimizni Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi yirik quriliş obektlari va boşqa sohalarga işga joylaştiriş böyiça zarur çoralar körilmoqda.

Foto: Mehnat vazirligi

Quriliş sohasini oladigan bölsak, joriy yilning iyul-avgust oylarida mas’ullar tomonidan respublika böyiça 277 ta quriliş korxonalari va quriliş sohasidagi loyiha rahbarlari bilan hamkorlik yölga qöyilib, 5030 ta böş iş örinlari aniqlandi. Xususan, 952 nafar betonçi, 88 nafar payvandçi, 883 nafar ğişt teruvçi, 1104 nafar suvoqçi-böyoqçi, 152 nafar santexnik, 96 nafar armaturaçi, 169 nafar elektrik, 224 nafar pardozlovçi hamda 1362 nafar boşqa turli kasb egalariga bölgan talab aniqlangan.

Foto: Mehnat vazirligi

Böş iş örinlariga 1418 nafar xorijdan qaytib kelgan fuqarolar işga joylaştirildi. Ayni paytda uşbu masala böyiça işlarni tizimli ravişda yölga qöyiş uçun barça çoralar körilmoqda.

Foto: Mehnat vazirligi

Bunda, xorijdan qaytib kelgan fuqarolar bilan manzilli işlaş, tegişli sörovnomalar ötkaziş orqali quriliş sohasida işlab kelgan, malakali mutaxassislarni aniqlab ularni yirik quriliş obektlariga suhbat asosida işga joylaştiriş tadbirlari taşkillaştirilmoqda.

Foto: Mehnat vazirligi