AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi va Federal qidiruv byurosi (FQB) agentlari hamda Nyu-York politsiya departamenti detektivlari Ğarb sanksiyalari ostida qolgan rossiyalik milliarder Viktor Vekselberg bilan boğliq bölgan bir qator obektlarda tintuv ötkazdi. Viktor Vekselberg Moskvada joylaşgan «Renova» biznes guruhi kompaniyalari rahbari va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin şaxs hisoblanadi. Bu haqda 1 sentabr, payşanba kuni Amerikaning NBC News telekanali xabar berdi.
Tintuvlar Manxetten Park-avenyusidagi köp qavatli uy kvartirasida, şuningdek, Nyu-Yorkning Sautgempton şahridagi qarorgohlardan birida bölib ötdi. Manbalarga köra, tergov harakatlari Fişer-Aylend (Mayami)dagi uyda ham olib borilmoqda - rasmiylarga köra, u ham Vekselberg bilan boğliq.
Aprel oyi boşida Viktor Vekselbergning Qöşma Ştatlardagi 900 million dollarlik haşamatli yaxtasi AQŞ tomonidan olib qöyilişi Kremlning Ukrainadagi uruşiga javoban Rossiya elitasining aktivlariga qaratilgan sönggi Ğarb sanksiyalari birinçi qadami böldi.
Rossiyalik tadbirkor, şuningdek, AQŞ Adliya vazirligi tomonidan bank firibgarligida ayblanib, tergov qilinmoqda. Bu iş böyiça heç qanday ayblov qöyilmagan.
Viktor Vekselbergning Qöşma Ştatlardagi aktivlari muzlatilgan, Amerika kompaniyalariga u va uning tuzilmalari bilan biznes yuritiş taqiqlangan. Tadbirkor uzoq vaqtdan beri Qöşma Ştatlar bilan boğlangan, uning grin-kartasi, şuningdek, Nyu-York va Konnektikutda köçmas mulki bor edi. Öz vaqtida Vekselberg 2016 yilgi AQŞ prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralaşuvi yuzasidan maxsus prokuror Robert Myuller tomonidan tergov doirasida söroq qilingan edi.
Qöşma Ştatlar rasmiylari tintuvlar sabablarini hozirça izohlamadi, jurnalistlarning tadbirkor vakillari bilan boğlanişga urinişlari natija bermadi.
AQŞ Moliya vazirligi 11 mart kuni Ukrainadagi uruş munosabati bilan joriy qilingan sanksiyalar doirasida AQŞ rasmiylari Viktor Vekselbergning aktivlarini, jumladan Tango yaxtasi va Airbus A319 samolyotini xatlovga oliş niyatida ekanini ma’lum qildi. Vekselberg boşçiligidagi Renova Group tarkibiga metallurgiya, konçilik, texnologik va boşqa aktivlar kiradi.
Vekselberg 2018 yilda Rossiyaning AQŞdagi saylovlarga aralaşuviga ehtimoliy aloqadorligi sababli AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritilgan edi.












