Kun.uz muxbiri suriştiruvida ma’lum bölişiça, Özbekiston tumani Qum mahallasida yaşagan Muhammadakbar Abdupattoyev oilaning kenja farzandi bölib, maş’um hodisa sodir bölgan 21 iyul kuni uni boğçaga 11 yoşli opasi olib borgan, ammo bola u bilan uyga qaytgan. U qöşni bolalar bilan öynaş uçun uydan köçaga çiqib ketgan va hovli orqasidagi soyga çökib ketgan.

Soyga çökib ketgan bola

Muhammadakbarning buvisi Hanifaxon Abduvaliyeva boğça tarbiyaçilarining mas’uliyatsizligi sabab nevarasidan ayrilganini aytadi.

Hanifaxon Abduvaliyeva

«Şu kuni nevaramni opasi boğçaga olib borganda, u yerda 5 nafar tarbiyaçi ötirgan ekan. Ukasini taşlab çiqqanidan keyin tarbiyaçilar nevaramga e’tibor bermagan. Opasiga ergaşib ketayotgan bolani körgan tarbiyaçi «ukangiz boğçada qolsin», deganida «opasi özim bilan olib ketaveraman, boğçaga qaytib kirmayman», degan.

Şu kuni tişimni davolatgani şifoxonaga ketgan edim. Uyda bölganimda özim bolani boğçaga qaytarib taşlab kelgan bölardim. Uning boğçadan qaytib kelganini onasi ham bilmay qolgan. Hovlimiz orqasidan soy oqadi. Öynab borib, tölib-toşib oqayotgan soyga sirpanib oqib ketibdi», — deydi buvisi.

Muhammadakbar Abdupattoyevni oqizib ketgan Sobirjonsoy

Buvisining aytişiça, nevarasi avval ham boğça hududidan taşqarida öynab yurganida ovsinining kelini körib qolib, içkariga taşlab çiqqan ekan.

«Avval ham şunga öxşaş holat bölgan. Nevaralarim bilan Muhammadakbarni boğçaga taşlagani borganimda, opasi uni tarbiyaçilarining oldiga olib bordi, lekin tarbiyaçilar bolaga e’tibor berişmadi. Nevaram opasining orqasidan ergaşib, yonimizga qaytib keldi.

Men uning qölidan tutib tarbiyaçilarning oldiga olib bordim. Bolaga e’tibor bermayotganlarini aytib, koyib berdim. Ikki marta şunday holat yuz berdi. Uçinçi martasida esa baxtsiz hodisa böldi.