Qirğiziston rahbari mamlakat yetakçisiga mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirib, Samarqandda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlarini qayd etdi.
Prezidentlar strategik şeriklik tamoyillariga asoslangan sermahsul ikki tomonlama hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Özaro savdo jadal ösib bormoqda, yil boşidan uning hajmi 30 foizga oşdi.

Sanoat, energetika, qişloq va suv xöjaligi, transport sohalarida qöşma kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almaşinuvlar kengaymoqda.
Butun Markaziy Osiyo mintaqasi rivojiga xizmat qiladigan “Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston” temiryöli va Qambarota-1 GES qurilişini tez fursatda boşlaş muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Bölajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.













