2022 yil 14 sentabr kuni soat 18:00 larda Oltiariq tumani tibbiyot birlaşmasiga tumandagi 39-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida tarbiyalanayotgan 8 nafar voyaga yetmaganlar alimentar diareya (nomutanosib ovqatlaniş oqibatida ovqat hazm qiliş tizimi buzilişi) birlamçi taşxisi bilan yotqizilgan. Bemorlar umumiy holati qoniqarli.
14 sentabr kuni 33 nafar qayd qilingan muassasa tarbiyalanuvçilari ota-onalari farzandlari salomatligini tibbiy körikdan ötkaziş maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Ularda qayd qilingan kasallik alomatlari aniqlanmagan, 20 nafari kuzatuv ostida şifoxonada qoldirilib, 13 nafari şifoxonadan çiqarilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda, ekcpertiza tekşiruvi uçun tegişli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.
Tekşiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.








