Şavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni içki va taşqi turizm salohiyatini yanada oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişida transport vazirligiga bir qator topşiriqlar berdi.

«Endi transport vaziri Mahkamov ham uyğonadigan vaqt keldi», dedi prezident Şavkat Mirziyoyev.

Transport vazirligiga:

  • barça davlatlarning aviatsiyaga mas’ul idoralariga Samarqand aeroportida xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yönalişlariga bölgan barça çeklovlar olib taşlanganini yetkaziş;
  • xorijiy aviakompaniyalar bilan kelişuvga erişib, Samarqandga Yevropa, Osiyo, Amerika, Arab davlatlari hamda qöşni mamlakatlardan kuniga kamida 10 ta xalqaro reyslarni yölga qöyiş;
  • vodiy, Nukus, Urganç va Termizdan har kuni kamida 1 ta aviaqatnovni yölga qöyiş topşirildi.

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Samarqandda bir yillik xalqaro uçraşuvlar va anjumanlarni ötkaziş dasturini tasdiqlaş topşiriği berildi.

Umuman, beş kun muddatda Samarqanddagi yangi majmualarni işlatiş, buning uçun qöşimça imtiyoz va yengilliklar beriş böyiça alohida qaror loyihasini işlab çiqiş zarurligi körsatib ötildi.