“Köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasini köp kvartirali uyni boşqariş organiga foydalanişga beriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasini boşqariş organiga foydalanişga beriş töğrisidagi nizom tasdiqlanadi:
- köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasini foydalanişga beriş va saqlaş tartibi, foydalanişda belgilanadigan asosiy talablar;
- tutaş yer uçastkasida joylaştirilişi mumkin bölgan bino va inşootlar, boşqariş organi tutaş yer uçastkasidan foydalanişdagi huquq va majburiyatlari;
- tutaş yer uçastkasidan foydalaniş tartibiga rioya etmaganlik uçun javobgarlik va nizolarni hal etiş tartibi.
Belgilab qöyilişiça:
- tutaş yer uçastkasidan foydalaniş köp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari roziligiga asosan amalga oşiriladi;
- tutaş yer uçastkasi faqat uşbu yer uçastkasidan foydalaniş mumkin bölgan maqsadlar uçun va uşbu köp kvartirali uyga xizmat körsatuvçi boşqariş organiga beriladi;
- tutaş yer uçastkasidan foydalanganlik uçun tölanadigan ijara tölovlari köp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari umumiy yiğilişi qarori bilan belgilanadi;
- tutaş yer uçastkasidan foydalanganlik uçun ijara tölovlari uşbu köp kvartirali uy umumiy mol-mulkini boşqariş xarajatlariga yönaltiriladi.
Tutaş yer uçastkasini boşqariş organiga foydalanişga beriş joylar mulkdorlari umumiy yiğilişi qarori asosida amalga oşiriladi.
Tutaş yer uçastkasini foydalanişga oliş uçun boşqariş organi uşbu masalani muhokama qiliş töğrisida joylar mulkdorlari umumiy yiğilişini çaqiriş töğrisida e’lonni yiğiliş ötkazilişi belgilangan kunidan kamida ön kun oldin uylar har bir kiriş yölagiga osib qöyiş yoki e’lonni mulkdorlarga imzo qöydirib topşiriş yoxud umumiy yiğilişda sörovnoma ötkaziş orqali qaror qabul qiliş uçun umumiy yiğiliş qarori loyihasini har bir mulkdorga yuboriş orqali xabardor qiladi.
Joylar mulkdorlari bölgan yuridik şaxslarni xabardor qiliş tegişli xabarni yoki umumiy yiğilişda sörovnoma ötkaziş orqali qaror qabul qiliş yuzasidan tayyorlangan umumiy yiğiliş qarori loyihasini buyurtma xat bilan yuridik manzilga yuboriş, elektron xabar qiliş yoki vakolatli vakilga imzo qöydirib topşiriş orqali amalga oşiriladi.











