Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Dom»ga tutash yerda o‘zboshimchalik bilan imorat qurish qanday jarimaga sabab bo‘lishi ma’lum qilindi
Ko‘p qavatli uylarga tutash yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan imorat qurish 8,1 mln so‘mdan 13,5 mln so‘mgacha jarimaga sabab bo‘ladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Azlar Sodiqov ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 159-moddasi uchta yangi qism bilan to‘ldirildi.
Ular:
1) ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish - mansabdor shaxslarga 4 mln so‘m;
2) ko‘p kvartirali uylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalarni o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish, shu jumladan uylarda va uylarga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish - fuqarolarga 8,1 mln so‘m, mansabdor shaxslarga 13,5 mln so‘m;
3) ushbu modda uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u amalga oshirilgan o‘zgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni (inshootlarni), ular oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 159-moddasi - uy-joy fondini saqlash sohasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiqish sudlardan Uy-joy fondi inspeksiyasiga o‘tkazildi.
Mavzuga oid

14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

19:33 / 02.05.2025