24 sentabr kuni Rossiya harbiy aviatsiyasida bahordan buyon bir kunlik eng yirik yöqotişlar röy berdi (agar quruqlikdagi yöqotişlar hisobga olinmasa, masalan, avgust oyida Qrimdagi Novofederovkadagi aerodromda kamida 10 ta samolyot yöq qilingandi).
Ham Ukraina naşrlari, ham rossiyaparast kanallarda tarqalgan videolarga köra, havoda beşta aviatsiya qurilmasi yöq qilingan: bitta Su-25 rusumli şturmovik, ikkita Su-34 qiruvçisi, bitta Su-30 qiruvçisi va bitta Ka-52 vertolyoti.
Xarkiv oblastida Rossiya harbiy-kosmik kuçlarining Su-30 qiruvçi samolyoti qulaşi aks etgan video tarqaldi.
Kadrlarda ikkita paraşyutni köriş mumkin - uçuvçilar muvaffaqiyatli katapulta qilingan. Aniqlik kiritilişiça, samolyot «Stinger» orqali urib tuşirilgan.
GeoConfirmed tahlilçilari Su-30 qiruvçisi va Su-25 hujumkor samolyoti Xarkiv oblastining Borovskiy rayonida urib tuşirilganini aniqlaşgan (49.232297, 37.724656 koordinatalari).

Şuningdek, ukrainlarning harbiy muxbirlari Ka-52 vertolyoti urib tuşirilgani aks etgan videoni tarqatişdi.
Öz hisobotida urib tuşirilgan vertolyotni kiritmagan Ukraina davlat maxsus aloqa xizmati ma’lumotlariga köra, 24 sentabr kuni jami 4 samolyot urib tuşirilgan, 13 tank, 25 zirhli maşina, bitta havo hujumidan mudofaa tizimi, bitta baravar öt oçiş reaktiv tizimi, 20 ta avtotexnika, 4 ta maxsus texnika, 7 ta artilleriya qurilmalari, 10 ta dron va bitta qanotli raketa yöq qilinganini ma’lum qilgan.
Rossiya harbiy aviatsiyasi uçun yomon kun z-pabliklarda ham qayd etilgan.














