2022 yil 27 sentabr kuni “Özekspomarkaz” milliy körgazmalar majmuasining Yapon boğida yangi ijtimoiy ahamiyatga ega “GO Wasteless” ekologik loyihasi va “Wasteless” innovatsion mobil ilovasining taqdimoti bölib ötdi.

Foto: GO Wasteless

“Go Wasteless” loyihasi – bu Özbekistonning ekologik muammolarini yeçişga salmoqli hissa qöşişni istagan mas’uliyatli va manfaatdor taşkilot va hamkorlarning uyuşmasidir.

Uşbu loyiha taşabbuskori Özbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi bölib, Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi va “Ekomaktab” ekologik resurs markazi jamoat ekologik taşkiloti bilan hamkorlikda Coca-Cola fondining (The Coca-Cola Foundation) moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda.

“GO Wasteless” loyihasi jamoat ovqatlaniş sektorining (HoReCa sektori) qayta işlanadigan çiqindilarini intellektual yiğiş va “Wasteless” mobil ilovasi yordamida töplaş va qayta işlaş zanjirini yölga qöyişni ta’minlaşga yönaltirilgan. Restoranlar, keyinçalik esa boşqa çiqindi işlab çiqaruvçilar sifatli çiqindilarni töğridan-töğri qayta işlab çiqaruvçilarga sotiş imkoniyatiga ega bölişadi. “Wasteless” mobil ilovasi orqali özaro hamkorlik saqlaş va taşişga xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Maişiy çiqindilarni tezkor yiğiş va qayta işlaş atrof-muhit ifloslanişini ma’lum darajada oldini oladi hamda şaharlarni aholi, sayyoh va mehmonlar uçun tozaroq va körkamroq bölib saqlanişiga olib keladi. 

Hozirgi vaqtda “GO Wasteless” loyihasi Toşkent şahri doirasida boşlandi. Keyinçalik çiqindilarni yiğiş va qayta işlaşga yönaltirilgan uşbu tizimni Özbekistonning boşqa şahar va yirik turistik markazlarida amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.    

Foto: GO Wasteless

“Wasteless” mobil ilovasi işga tuşirilib, dastlabki sinovdan ötdi va qulay va tuşunarli rejimda tezkor işlayotgani aniqlandi. 2022 yilning oxirida GO Wasteless loyihasining işçi jamoasi Toşkentdagi jamoat ovqatlaniş sektorining 1000 ga yaqin joyini ilovaga ulaşni maqsad qilib qöygan. Hozirgi vaqtda ulardan 200 dan ortiği uşbu loyihada iştirok etişga tayyor ekanligini bildirdi. Bu esa biznesning atrof-muhit tozaligini saqlaş va “yaşil” iqtisodiyotni rivojlantiriş maqsadini közlayotganidan dalolat beradi.

“GO Wasteless” loyihasini amalga oşirişda jamoat ovqatlaniş nuqtalarining eng ekologik va mas’uliyatli joylarini “GO Wasteless” belgisi bilan belgilab boriş közda tutilmoqda. Bu HoReCa vakillarining ekologiyaga bölgan döstona va befarq bölmagan munosabatlarini ifoda etişda öziga xos usul böladi hamda çiqindilarni ajratib yiğiş jarayonini ommalaştirişga xizmat qiladi.