Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4911-sonli “Farğona jamoat salomatligi tibbiyot institutini taşkil etiş töğrisida”gi qarori bilan Toşkent tibbiyot akademiyasi Farğona filiali negizida Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori A.A. Sidiqov rahbarligida taşkil etildi. Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti dunyoning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan şartnomalar imzolagan va öquv, ilmiy va ma’rifiy sohalarda doimiy hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.



Institut öz faoliyati davomida 2000dan ortiq malakali şifokorlarni tayyorlab bergan.
2022 yil 30 sentabr kuni Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti binosining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Unda soğliqni saqlaş vaziri Musayev Behzod Anvaroviç, Farğona viloyati hokimi Bozorov Xayrulla Hayitboyeviç, institut bilan hamkorlikdagi xalqaro hamkor taşkilot rahbarlari, respublikadagi tibbiyot oliygohlari rektorlari institut jamoasi madaniyat va san’at vakillari, talaba yoşlar iştirok etişdi. Tadbirda sözga çiqqanlar ilk bor oliy ta’lim ostonasiga qadam qöygan talabalarni tabriklab, yangidan barpo etilgan uşbu öquv binosi ularning bilim olişlari uçun muhim ahamiyatga ega ekanini aytib ötişdi.



Ramziy lentalar kesilganidan söng, talabalar uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişildi. Kampus qurilişidagi zamonaviy köriniş, puxta öylangan arxitektura, gözal tabiat manzarasi, öquv jarayoni uçun yaratilgan qulayliklar ta’lim sifati oşişiga xizmat qiladi.









